Jahon | 08:07 / 20.09.2020
10237
3 daqiqa o‘qiladi

AQSh Eronga qarshi sanksiyalarni tikladi. Pompeo bunga norozi davlatlar jazolanishidan ogohlantirdi

Foto: Getty Images

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo BMTning noroziligiga qaramay, uning Eronga qarshi sanksiyalari yana kuchga kirganini e'lon qildi. Uning ta'kidlashicha, sanksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘z majburiyatlariga amal qilmaydigan davlatlar yaqin kunlarda Vashingtonning bir tomonlama harakatlari bilan jazolanadi. 

“Bugun AQSh BMT tomonidan terrorchilik va antisemitizmning bosh homiysi bo‘lgan Eronga qarshi avval bekor qilingan deyarli barcha sanksiyalar qaytarilishini qutlaydi”, deb aytilgan Pompeo bayonotida.

AQSh davlat kotibi BMT sanksiyalari xalqaro tashkilotning tartib-qoidalari bo‘yicha tiklanganini qo‘shimcha qilgan. Biroq BMT Xavfsizlik kengashi va Eron bilan kelishuvlarga a'zo davlatlar bunday hisoblamayapti.  

“AQSh BMTga a'zo qolgan davlatlar bu choralarni amalga oshirish bo‘yicha barcha majburiyatlariga rioya qiladi, deb kutib qoladi. Qurol yetkazishga embargoga qo‘shimcha ravishda bu cheklovlar Eronga uranni boyitishda ishtirok etishni, Eron tomonidan ballistik raketalar sinovi va ishlab chiqilishiga taqiqlarni, atom va raketalar bilan bog‘liq texnologiyalarni berishga qarshi sanksiyalarni o‘z ichiga oladi”, deb ma'lum qilgan Pompeo. 

Davlat kotibi biror-bir davlat ushbu sanksiyalarga rozi bo‘lmasa, AQSh bu davlatni jazolashidan ogohlantirgan. Uning ta'kidlashicha, ushbu sanksiyalar “dunyoda tinchlik va xavfsizlikka erishishda qadam bo‘ladi”.

“2015 yilgi yadro kelishuvi Eronni va'da qilganidek millatlar hamjamiyatiga qo‘shilishga undamadi. Buning o‘rniga bu mullalar [oyatullohlar] yangi boylikdan foydalanib, uni Yamandan Iroqqacha va Livandan Suriyagacha o‘lim va vayrongarchiliklar urug‘ini sochishga ishlatdi”, deb aytgan Pompeo.

AQShning ta'kidlashicha, BMTning Eronga qarshi sanksiyalari tiklanishi haqida xabardor qilish ushbu cheklovlar avtomatik ravishda tiklanishi uchun yetarli hisoblanadi. Biroq Tehron bilan tuzilgan kelishuvlar ishtirokchilari AQShning bu bildirgisi huquqiy asosga ega emasligi va sanksiyalar tiklanmasligini aytishgan. 

BMT Xavfsizlik kengashiga a'zo davlatlarning aksariyati AQShning sanksiyalarni tiklashiga qarshi chiqmoqda. Eron bilan yadro kelishuvi ishtirokchilarining ta'kidlashicha, Vashington ushbu kelishuvdan chiqib ketgani sababli, sanksiyalarni qaytarishga haqli emas.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid