Sport | 20:20 / 20.09.2020
3830
1 daqiqa o‘qiladi

Denis Istomin koronavirus yuqtirib oldi. U Rolan Garros turnirini o‘tkazib yuboradi

Tennis bo‘yicha Fransiya ochiq chempionatida ishtirok etishi kerak bo‘lgan tennischilar topshirgan test natijalari orasidan ikki nafarida koronavirus aniqlandi, deya yozmoqda jurnalist Denni Mishe tvitterdagi sahifasida.

Foto: Getty Images

Manbaning yozishicha, koronavirus yuqtirib olgan ikki sportchidan biri o‘zbekistonlik Denis Istomindir. Tennis bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a'zosi hozirga kelib alohida nazoratga olingan va Rolan Garros turnirida ishtirok eta olmaydi.

Hozirga kelib Fransiyada COVID-19 yuqtirib olganlar soni rekord darajagacha yangilanmoqda. 10 sentabr kuni kunlik kasallanishlar soni rekord – 9843 kishini tashkil etgan bo‘lsa, 19 sentyabrda kunlik infeksiya yuqtirayotganlar soni 13 498 nafar kishiga yetgan.

Ma'lumot uchun, katta shlem tasnifidagi Rolan Garros turniri 21 sentabr – 11 oktabr kunlari Fransiyada o‘tkaziladi. Musobaqaning amaldagi g‘olibi ispaniyalik Rafael Nadal va avstraliyalik tennischi ayol Eshli Barti hisoblanadi.

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid