Özbekiston boş vaziri örinbosari Aziz Abduhakimov uşbu sana oldidan murojaat bilan çiqib, özbekistonliklarni ham mazkur global taşabbusda faollikka çorladi.

«Avtomobilsiz kun ğoyasi 1995 yilda Buyuk Britaniyada paydo bölgan va qisqa muddatda butun dunyoda keng ommalaşgan. 2000 yildan beri 22 sentyabr jahonda avtomobilsiz kun sifatida nişonlanadi.

Şu kuni avtomobil haydovçilari şaxsiy transport vositalaridan kamida bir kun foydalanişmaydi, ba'zi şaharlar va mamlakatlarda piyoda yuriş, velosiped haydaş, jamoat transportidan foydalaniş, şuningdek, iş va dam oliş joylariga piyoda boriş ğoyalarini tarğib qiluvçi maxsus aksiyalar ham taşkil qilinadi.

Bunday tadbirlarni ötkazişdan közlangan asosiy maqsad – eng avvalo, avtomobillardan çiqayotgan turli zaharli gazlar orqali atmosferaning zaharlanişini kamaytirişga öz hissasini qöşiş, qolaversa piyoda yuriş va velosipedda sayr qilişni keng tarğib etişdan iborat. Bu esa aholi orasida soğlom turmuş tarzini keng ommalaştiriş yölida xizmat qiladi.

Men ham sizlarni uşbu xayrli taşabbusni qöllab-quvvatlab, şu kunni avtomobilsiz ötkazişga harakat qilişga çorlab qolaman!» – deb yozdi Aziz Abduhakimov Facebook'dagi sahifasida.