Mast holda maşina olib qoçgani aytilgan Mirobod tuman sudi sudyasi Rustam Rahmonov lavozimidan ozod etildi. Sudyalar oliy kengaşi unga nisbatan ötkazilgan xizmat tekşiruvi yuzasidan qöşimça axborot berdi.
Ma’lum qilinişiça, Rustam Rahmonovga nisbatan ötkazilgan xizmat tekşiruvi xulosasi Toşkent şahar sudlari sudyalari malaka hay’atida muhokama qilingan. Qabul qilingan qarorga köra, u yozma arizasi va Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani asoslari bilan lavozimidan ozod qilingan hamda sudyalik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.
“Ayni jarayonda boşqa sudyalarining xatti-harakatlari ham örganilib, xizmat tekşiruvining ularga oid qismi körib çiqiş uçun tegişli sud sudyalari malaka hay’atiga taqdim etilgan.
Hali yakuniga yetmagan mazkur holat böyiça ijtimoiy tarmoqlarda sizdirilayotgan turli mazmundagi xabarlarga javoban eslatiladiki, “Sudlar töğrisida”gi va “Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi töğrisida”gi qonunlarga köra, kengaş sudyalarga nisbatan töğridan töğri intizomiy çora qöllaş vakolatiga ega emas”, deyiladi kengaş axborotida.
Qöşimça qilinişiça, bunday masala tegişli malaka hay’atlari vakolatiga doir bölib, Sudyalar oliy kengaşi tomonidan ularning (malaka hay’atlarining) qarorlariga nisbatan berilgan şikoyatlar körib çiqiladi.
Oldinroq jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudi sudyasi transport vositasini olib qoçiş jinoyatini sodir qilgani, Sudyalar oliy kengaşi uning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazayotgani xabar qilingandi.
Ma’lumot uçun, Rustam Rahmonov 2024 yilning dekabrida jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudi sudyasi lavozimiga yana 10 yil muddatga tayinlangandi.












