Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga çiqindilarni töplaş va olib çiqiş xizmatlarini körsatiş sohasida tölov intizomi mustahkamlanişiga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi va qabul qilindi.
Ma’lumot uçun, loyiha Özbekiston prezidentining «Çiqindilarni boşqariş tizimini takomillaştiriş va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida» 2024 yil 4 yanvardagi 5-son farmoni 4-bandi ijrosini ta’minlaş, maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqiş xizmatlarining tölov intizomini kuçaytiriş maqsadida Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimçalar kiritiş töğrisida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi taşabbusi bilan işlab çiqilgan.
Qonun loyihasiga muvofiq «Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi, «Raqobat töğrisida»gi va «Elektr energetikasi töğrisida»gi qonunlarga çiqindini olib çiqib ketiş xizmatlari uçun tölovlarni elektr energiyasi uçun tölovlar bilan birga undiriş mexanizmlarini joriy qiliş nazarda tutilgan.
Xususan, «Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonunga iste’molçi zimmasiga qonunçilikka muvofiq, çiqindi uçun tölovlar tölanmaganda elektr energiyasi uçun tölovlarni qabul qilişni vaqtinçalik çeklaş amaliyoti qöllanişi;
«Raqobat töğrisida»gi qonunga tovardan foydalaniş şartlarini majburan qabul qildiriş taqiqlanişida elektr energiyasining yetkazib berilişida çiqindilarni olib çiqib ketiş xizmatlari uçun majburiy tölovlarni undiriş tartibi mustasno ekanligi;
«Elektr energetikasi töğrisida»gi qonunga esa çiqindini olib çiqib ketiş xizmatini körsatuvçi korxonalar elektr ta’minoti korxonalari bilan birgalikda çiqindi olib çiqib ketiş xizmatlari uçun oylik tölovlardan qarzdorligi bölgan abonentlarni SMS orqali xabardor qilib borişi, foydalanilgan elektr energiyasi, şuningdek, çiqindini olib çiqib ketiş xizmatlari uçun majburiy tölovlar uçun haq belgilangan muddatlarda öz vaqtida tölanişi, elektr energiyasi tölov tizimlari orqali çiqindi xizmatlaridan qarzdorligi töğrisida iste’molçi xabardor qilinganidan söng qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda, uşbu qarzdorlik bartaraf etilgunga qadar elektr energiyasi uçun tölovlarini qabul qilişni vaqtinçalik çeklab qöyiş böyiça me’yorlar kiritilmoqda.
Ma’lumot uçun, hozirgi kunda aholi tomonidan asossiz sabablarga köra tölovlarni keçiktiriş yoki tölamaslik holatlari köp, natijada debitor qarzdorlik (615,6 milliard söm) yil sayin oşib bormoqda.












