O‘zbekiston | 21:39 / 22.09.2020
5374
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi tashkil etildi

Kafolat jamg‘armasi mablag‘lari va Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplangan qarzdorlik, hisoblangan penya va jarima to‘lovlari qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar tomonidan mos ravishda Kafolat jamg‘armasi yoki Davlat budjetiga qaytariladi.

Foto: Pixabay

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan, Moliya vazirligi G‘aznachiligi huzurida Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi tashkil etildi.

Qarorga ko‘ra:

  • davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar bo‘yicha qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar o‘z qarz to‘lovlarini vaqtida va to‘liq amalga oshirmagan holatlarda mazkur qarzdorlik, birinchi navbatda Kafolat jamg‘armasi mablag‘lari, Kafolat jamg‘armasi mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi;
  • Kafolat jamg‘armasi mablag‘lari va Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplangan qarzdorlik, hisoblangan penya va jarima to‘lovlari qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar tomonidan mos ravishda Kafolat jamg‘armasi yoki Davlat budjetiga qaytariladi.

Shuningdek, hujjat bilan Kafolat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Mavzuga oid