Yoshlar ishlari agentligiga vazifalar belgilandi
Vazirlar Mahkamasi 11.09.2020 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 550-son qarorni qabul qildi.
Hujjat Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 30 iyundagi PF-6017-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020 yil 30 iyundagi PQ-4768-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Norma’ning yozishicha, nizom Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlarini belgilaydi:
- yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosatini, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
- mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
- yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
- yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish;
- yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yoshlar orasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni bartaraf etishda faol ishtirok etish;
- yoshlarga oid dasturlar, loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlash, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta'minlash;
- tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish va bandligini ta'minlash.
Shuningdek, hujjatda:
- Agentlikning huquqiy maqomi va tuzilmasi;
- Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari, shu jumladan, direktor o‘rinbosarlarining soha yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy vazifalari hamda javobgarligi;
- Agentlik faoliyatining tashkiliy asoslari, hisobdorligi, faoliyat samaradorligini baholash mezonlari, hay'at va maslahat, konsultativ va ekspert organlarining huquqiy maqomi;
- Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi bayon etilgan.
Hujjat 12.09.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024
Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi
07:15 / 24.07.2024