Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarolari arab mamlakatlaridagi maishiy soha ishlariga jalb qilinishi mumkin
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi masalalari muhokama qilindi.
Bugungi kunda mamlakat fuqarolarining chet elda bandligini ta'minlash orqali ularning daromadini oshirish maqsadida xorijiy davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan muzokaralar olib borishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Muzokaralar natijasida turli xorijiy davlatlarning, shu jumladan Saudiya Arabistoni bandlik agentliklari va salohiyatli ish beruvchilari O‘zbekiston mehnat resurslariga qiziqish bildirmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, mamlakatning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi, Alhejazgroup rekruting kompaniyasi vakillari ishtirok etgan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, xususan, O‘zbekistondagi mehnat bozorini o‘rganish orqali fuqarolarni Saudiya Arabistoni orqali arab mamlakatlaridagi haydovchilik va shu kabi maishiy sohalarga ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Videoaloqa shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda arab mamlakatlari hududida O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishning talablari, huquqiy himoya va mehnat sharoitlari haqida fikr almashildi, deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabarida.
Mavzuga oid
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
20:27 / 26.06.2026