Jamiyat | 21:11 / 23.09.2020
9918
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi turli din namoyandalari karantin qoidalariga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati O‘zbekistondagi turli din namoyandalari ishtirokidagi ijtimoiy rolikni e'lon qildi. Unda Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov, Rim-katolik cherkovi ruhoniysi Yeji Matsulevich, Toshkent shahar Rus pravoslav cherkovi bosh ruhoniysi Sergey Statsenkolar o‘zbekistonliklarga murojaat qilgan. Dinlar vakillari karantin choralariga qat'iy rioya qilishga chaqirgan.

Jumladan, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov, “karantin yumshatilgani, bu – kasallik chekinganini anglatmasligini ta'kidlab, hushyorlikni yo‘qotmaslikka, xotirjamlikka berilmaslikka undagan!

Nuriddin Xoliqnazarov

Rim-katolik cherkovi ruhoniysi Yeji Matsulevich esa, aholi gavjum joylarda, ommaviy tadbirlarda, ibodatxonalarda ham karantin qoidalariga amal qilish muhimligiga, antiseptik vositalardan muntazam foydalanish, ibodat jarayonida ijtimoiy masofani saqlash lozimligiga e'tibor qaratgan.

Yeji Matsulevich

Toshkent shahar Rus pravoslav cherkovi bosh ruhoniysi Sergey Statsenko, o‘z navbatida, inson karantin qoidalariga rioya qilar ekan, nafaqat o‘zini, balki oilasi, yaqinlari salomatligi uchun mas'ul ekanini xotirlatgan hamda barchasi insonlarning o‘ziga bog‘liq ekanini qayd etgan. 

Sergey Statsenko

Mavzuga oid