Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shtab a'zosi koronavirus aniqlangan xonadonlar nega karantinga olinmayotganiga izoh berdi
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Botir Qurbonov koronavirus aniqlangan xonadonlar nega karantinga olinmayotgani haqidagi savolga javob qaytardi.
«Kasallik aniqlanganda kasalning og‘ir yoki yengil darajasiga qarab statsionarga yoki uy sharoitida davolanishga qoldiriladi. Koronavirusga chalinganlar esa uy sharoitida karantinga olinadi.
Uy sharoitida karantindagi fuqarolar SEOM xodimlari, ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari tomonidan nazoratga olinib, doimiy axborot almashinib kelinmoqda», dedi Botir Qurbonov.
Ma'lum qilinishicha, ilmiy tadqiqotlarda uy hayvonlariga koronavirus infeksiyasi yuqmasligi tasdiqlangan. Bu haqida ko‘plab ilmiy ishlar olib borilgan.
Brifingda fuqaroning xorijga o‘qishga ketishda koronavirusni aniqlash bo‘yicha testi natijasining QR kodli inglizcha tarjimasini olish imkoniyati haqidagi savoliga ham javob qaytarildi.
«Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston fuqarolari koronavirus infeksiyasiga test tahlili natijasi haqida ma'lumotnomasi bo‘lishi tavsiya etiladi. Ma'lumotnomaning ingliz tilida tarjimasini hududiy notarius xizmatlarida tarjima qilib haqqoniyligini tasdiqlasa bo‘ladi. Test natijasi olingan vaqt 72 soatdan ko‘p bo‘lmasligi zarur», dedi shtab a'zosi.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026