Qişloq xöjaligini rivojlantiriş xalqaro jamğarmasi 46,2 mln dollar miqdorida kredit va 800 ming dollar miqdorida grant taqdim etdi. Mablağlardan “Qişloq xöjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qiliş” loyihasini amalga oşiriş uçun foydalaniladi. Bu Prezidentning 15 sentyabrdagi qarorida nazarda tutilgan.
 
Qarz bitimi 2020 yil 4 avgustda imzolangan. Eslatib ötamiz, loyihaning umumiy qiymati – 84,78 mln dollar, Özbekistonning hissasi 38,28 mln dollarni taşkil etadi, şu jumladan soliq va bojxona imtiyozlari körinişida. 

Norma’ning yozişiça, loyiha doirasida:

  • kredit hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (işlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona tölovlaridan (bojxona rasmiylaştiruvi uçun yiğimlardan taşqari), QQSdan va yiğimlardan;
  • uni amalga oşirişda iştirok etayotgan jismoniy şaxslar –norezidentlar daromadlari -JŞDSdan ozod qilinadi.

Jalb qilingan mablağlar:

a) qişloq xöjaligida diversifikatsiya qilişni moliyalaştiriş böyiça kredit ajratiş uçun – 39,8 mln dollar, ulardan:

  • klaster va kooperatsiyalar hamda ularga a'zo bölgan tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaşga – 30,3 mln dollar;
  • yoşlar va ayollarni qöllab-quvvatlaş uçun – 5 mln dollar;
  • Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasiga - 4,5 mln dollar;

b) irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qiliş uçun – 3,1 mln dollar, ulardan 2 mln dollar – örmon fondi yerlarida tik quduq qaziş va nasos örnatiş orqali suv çiqarişga sarflanadi;

v) qişloq xöjaligida bilim, innovatsiya va agroxizmatlar tizimini rivojlantiriş böyiça – 4,1 mln dollar yönaltiriladi.
 
Kredit qisman tijorat banklariga qayta kreditlanadigan mablağlarning qaytarilişi hisobidan (35 325 ming dollar), qolgan summa (10 875 ming dollar) mamlakat Davlat budjetidan söndiriladi.
 
Qişloq xöjaligi vazirligi loyihaning öz vaqtida va töliq amalga oşirilişi, natijadorligini ta'minlaydi. Loyihada iştirok etuvçi tijorat banklari kredit liniyasini boşqariş, qarzning öz vaqtida özlaştiriş va maqsadli foydalaniş, subloyihalarni amalga oşiriş böyiça hisobot va monitoringni yuritiş bilan şuğullanadi. Hisob palatasi mablağlarning maqsadli ajratilişi va sarflanişi ustidan nazorat örnatadi hamda har yarim yilda Prezident Administratsiyasiga axborot kiritib boradi.
 
Loyihani amalga oşirişda iştirok etuvçi barça xorijiy mutaxassislarga kiriş vizalari hamda köp martalik vizalar va vaqtinça röyxatga qöyiş (keyinçalik muddati uzaytirilişi bilan) tez fursatlarda rasmiylaştiriladi.