Özbekiston Boş konsulxonasi ma’lumotiga köra, delegatsiya safar davomida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Toşkent şahar hokimligi hamda Milliy iqtisodiy hamkorlik uyuşmasi vakillari bilan muzokaralar ötkazdi. Tomonlar agrar işlab çiqarişni çuqur qayta işlaş, logistika va sovuq zanjir infratuzilmasini takomillaştiriş, eksport standartlari va sertifikatlaş talablarini uyğunlaştiriş masalalarini körib çiqdi.
Biznes-missiya a’zolari Toşkent şahridagi kiçik sanoat zonalarida bölib, investorlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, yer uçastkalari taqsimoti, bojxona- soliq imtiyozlari va injyener-kommunikatsiya tarmoqlari bilan tanişdi.
Safar yakunlariga köra, Özbekiston Milliy iqtisodiy hamkorlik uyuşmasi va Guangdong General Chamber of Commerce örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat doirasida agroeksportni köpaytiriş, tayyor oziq-ovqat mahsulotlari va xomaşyo yetkazib berişni diversifikatsiya qiliş, qöşma qiymat zanjirlarini yaratiş rejalaştirilgan.
Ma’lumot uçun, Guangdong General Chamber of Commerce 2003 yilda taşkil etilgan bölib, 2 mingga yaqin kompaniya manfaatlarini himoya qiladi.

















