Agrosektorda modernizatsiya, qayta işlaş quvvatlarini kengaytiriş va infratuzilmani yangilaş loyihalari faollaşdi. Moliyalaştiriş manbalari tarkibida taşqi mablağlar uluşi oşgani qayd etilmoqda, bu esa zamonaviy texnika-texnologiyalar jalb etiş va loyihalarni tezlaştirişga xizmat qilyapti.
Dinamika (yanvar–sentabr kesimida):
2021 — 11,4 trln söm;
2022 — 11,3 trln söm;
2023 — 10,2 trln söm;
2024 — 18,2 trln söm;
2025 — 39,2 trln söm.
Körsatkiçlar 2025 yilda agrosohani qöllab-quvvatlaş va resurslarni safarbar etiş mutlaqo yangi sur’atga kötarilganini körsatadi. Mahalliylaştiriş, suv tejamkor texnologiyalar, logistika va saqlaş infratuzilmasini rivojlantiriş kabi yönalişlar investitsiyalarning asosiy drayverlari bölmoqda.












