Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda o‘lim jazosi bekor qilindi
BMT bosh qarorgohida Qozog‘istonning BMTdagi doimiy vakili Qayrat Umarov Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning o‘lim jazosini bekor qilishga qaratilgan ikkinchi fakultativ bayonnomasini imzoladi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
O‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi xalqaro bayonnomaga qo‘shilish haqida qarorni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev avvalroq BMT Bosh assambleyasining 75-yubiley sessiyasi umumiy siyosiy muzokaralardagi nutqida e'lon qilgan edi.
«Ushbu xalqaro hujjatning imzolanishi o‘lim jazosini qo‘llash sohasini bosqichma-bosqich toraytirish va jinoyat qonunchiligini insonparvarlashtirish yo‘lining davomidir», - deyiladi xabarda.
Qozog‘istonda 2003 yilda moratoriy joriy etish to‘g‘risidagi prezident farmoni bilan o‘lim jazosini qo‘llash to‘liq to‘xtatilgan.
Mavzuga oid
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
18:18 / 24.06.2026
Iordaniyada 9 yil ichida birinchi marta guruhli o‘lim jazosi qo‘llanildi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
08:38 / 18.05.2026