Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoya qilinishining milliy strategiya konsepsiyasi tasdiqlanadi
Aholining turli ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini xalqaro standartlarga muvofiq himoya qilinishining huquqiy mexanizmlari takomillashtirish maqsad qilingan.
Prezidentning “2021 — 2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasida aholining ijtimoiy himoya qilinishining milliy strategiya konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiya konsepsiyasi Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Birlashgan millatlar tashkilotining (BMT) taraqqiyot dasturi, BMT bolalar fondi (YUNISEF), Jahon banki, Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonalari, va Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondagi delegatsiyasi (YeI delegatsiyasi) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasida aholining ijtimoiy himoya qilinishining milliy strategiya konsepsiyasini amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi tarkibi tasdiqlanadi.
Quyidagilar Kengash faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:
davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam va xizmatlar tizimini baholash va monitoring qilish uchun instrumentlarni aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlarini ishlab chiqish, statistik ma'lumotlarning sifatini yaxshilash va ochiqligini ta'minlash,
ijtimoiy nafaqalarning miqdorlarini belgilashdagi mezonlarni qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlarga asoslangan va milliy mentalitet, aholi turmush tarzidan kelib chiqqan holda, ijtimoiy himoya minimal darajasini aniqlash;
ijtimoiy nafaqa tayinlashdagi mezonlarni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam va bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqalarning strukturasi sifatini oshirish, daromadi past aholi qatlamini aniqlash mezonlarini ko‘rib chiqib ochiq va adolatli tizimni yaratish;
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish mexanizmlarini integratsiya qilish uchun «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimini funksiyalarini yanada kengaytirish;
kambag‘allikni qisqartirish va inson kapitalini rivojlantirish dasturlarini o‘zaro muvofiqlashtirish;
aholi bandligiga ko‘maklashish dasturlarini samaradorligini oshirish, mehnat bozorini aktivlash bo‘yicha dasturlarni o‘zaro muvofiqlashtirish, va mehnatga layoqatli aholini qo‘llab quvvatlash;
bolalar, yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarga ijtimoiy yordamni yetkazish tartibi va tizimini qayta ko‘rib chiqish va mukammallashtirish.
Quyidagilar:
2021 — 2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasida aholining ijtimoiy himoya qilinishining milliy strategiya konsepsiyasi;
2021 — 2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasida aholining ijtimoiy himoya qilinishining milliy strategiya konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2021 yil 1 aprelgacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga 2021 — 2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasida aholining ijtimoiy himoya qilinishining milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasini kiritadi.
Mavzuga oid
16:25 / 29.06.2026
1 iyuldan xususiy kompaniyalarda ham kasallik nafaqasi davlat tomonidan to‘lab beriladi
12:53 / 24.06.2026
“Nogironligi bor bolalarimizni sarson qilishyapti” – Farg‘onadagi Muruvvat uyida maxsus guruh yopildi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
18:46 / 17.04.2026