Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pandemiya davrida ajrimlar soni qanchaga kamaydi?
Respublika bo‘yicha 8 oyda eng kam ajrim holatlari Navoiy viloyatida qayd etilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 8 oyida respublika bo‘yicha 16 944ta ajrim holati FHDYo organlarida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 371taga kam.
Joriy yilning avgust oyida 2 381ta (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 107taga kam) ajrim holatlari qayd etilib, respublika bo‘yicha eng ko‘p ajrim Toshkent shahrida (350ta) kuzatildi.
O‘tgan 8 oy mobaynida FHDYo organlarida qayd etilgan ajrimlar soni bo‘yicha Toshkent shahri – 2 244ta, Andijon – 1 999ta, Samarqand – 1 793ta, Toshkent – 1 738ta va 1 700ta bilan Farg‘ona viloyatlari yuqori o‘rinni egallagan.
Ma'lumot o‘rnida, respublika bo‘yicha 8 oyda eng kam ajrim holatlari Navoiy (578ta) viloyatida qayd etilgan.
Mavzuga oid
09:37 / 19.05.2026
O‘zbekistonga eng ko‘p Rossiyadan ko‘chib kelinmoqda
09:31 / 16.05.2026
O‘zbekistonda ayollarga nisbatan erkaklar soni ko‘proq - statistika
14:14 / 11.05.2026
«Ajrashishni qiyinlashtirish bilan oilani saqlab bo‘lmaydi» - huquqshunos oilaviy ajrimlar sabablari haqida
22:31 / 05.05.2026