Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya va O‘zbekistonda har ikki mamlakat kompaniyalari va jismoniy shaxslarining ikki karra soliqqa tortilishi bekor qilinadi
Yaponiya kompaniyasi O‘zbekistonda topgan daromadiga nisbatan faqat yashash mamlakati bo‘lgan Yaponiyada yoki daromad topgan mamlakati - O‘zbekistonda soliq to‘laydi.
17 sentabr kuni “Yaponiya va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida soliqqa tortish sohasida shartnoma”ning kuchga kirishi uchun barcha jarayonlar yakunlandi. Ushbu shartnoma 2019 yil dekabr oyida Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fujiyama va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov tomonidan imzolangandi.
2020 yil 17 oktyabrdan kuchga kiradigan ushbu shartnomaga muvofiq, Yaponiya va O‘zbekistonda har ikki mamlakatning kompaniyalari va jismoniy shaxslari hamkor mamlakatda olgan daromadlariga nisbatan ikki karra soliqqa tortilishi bekor qilinadi.
Boshqacha aytganda, misol uchun, Yaponiya kompaniyasi O‘zbekistonda topgan daromadiga nisbatan faqat yashash mamlakati bo‘lgan Yaponiyada yoki daromad topgan mamlakat - O‘zbekistonda soliq to‘laydi.
“Yaponiya va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi soliqqa tortish sohasida shartnoma”ning kuchga kirishi ikki karra soliqqa tortishni bekor qilish orqali xalqaro soliqlardan ozod bo‘lish va boshqa soliqlardan qochishning oldini oladi. Shu bilan birga, Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida investitsiya va iqtisodiy almashinuvda qo‘shimcha yutuqlarga erishilishi kutilmoqda, , deyiladi Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi press-relizida.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
18:57 / 15.06.2026