16:27 / 26.09.2020
16802

«Liverpul» - «Arsenal», «Roma» - «Yuventus», Kuman uchun ilk sinov. Hafta o‘yinlari anonsi

Shanba, yakshanba va dushanba kuni Yevropa milliy chempionatlarida bir qator markaziy o‘yinlar kuzatiladi. Muxlislarni Angliya Premer-ligasida ikkita markaziy bahs kutayotgan bo‘lsa, A Seriya, La Liga va Bundesligada ham shiddat va'da qilayotgan to‘qnashuvlar kutib turibdi. Quyida hafta o‘yinlari anonsi bilan tanishing.

Angliya Premer-ligasi: «Liverpul» «Arsenal»dan revansh oladimi?

Angliya Premer-ligasida 3-tur o‘yinlari «Brayton» va «Manchester Yunayted» klublari o‘rtasidagi shanba kungi o‘yin bilan start oladi. O‘tgan turda «Nyukasl» maydonidan 3:0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan qaytgan braytonliklar, dastlabki bahsida mag‘lub bo‘lgan Manchester jamoasiga jiddiy qarshilik ko‘rsatishi aniq. Tur starti shiddatli ko‘rinish olishi kutilmoqda.

«Chelsi» chempionat debyutanti «Vest Bromvich» uyiga safar qilsa, mavsumni ko‘tarinki ruhda boshlagan Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi «Everton» o‘tgan turda «Old Trafford»da «MYu» darvozasiga uchta gol urgan «Kristal Pelas»ga qarshi saf tortadi.

«Manchester Siti»ni ikki o‘yinda ikki g‘alabaga erishgan «Lester» bilan to‘qnashuv kutib turibdi. O‘tgan turda Son Xyon Minning pokeri evaziga yirik hisobdagi g‘alabaga erishgan «Tottenhem» esa bu safar «Nyukasl» qarshiligini sindirish kerak bo‘ladi.

Turning markaziy bahsi esa hozircha yo‘qotishlarsiz borayotgan «Liverpul» va «Arsenal» o‘rtasida kechadi. Dushanba oqshomidagi bahsda Klopp jamoasi Arteta shogirdlaridan Angliya Superkubogidagi mag‘lubiyat uchun revansh olishga intiladi. Bu bahsda ikki granddan biri yoki ikkisi ham mavsumdagi ilk ochkolarini yo‘qotadi. Bu uchrashuvlardan keyin klublarning asl holati haqida dastlabki xulosalarni qilish mumkin bo‘ladi.

APL: 3-tur

26 sentabr (shanba)

16:30. Brayton - Manchester Yunayted

19:00. Kristal Pelas – Everton

21:30. Vest Bromvich – Chelsi

00:00. Bernli – Sauthempton

27 sentabr (yakshanba)

16:00. Sheffild Yunayted - Lids 

17:00. Tottenhem – Nyukasl          

20:30. Manchester Siti - Lester    

23:00. Vest Hem – Vulverhempton

28 sentabr (dushanba)

21:45. Fulhem - Aston Villa

00:15. Liverpul – Arsenal

La Liga: «Real» peshqadamga qarshi, Kuman uchun ilk sinov

La Ligadagi ilk o‘yinida ochko yo‘qotgan «Real»ni 3-turda «Betis» maydoniga qiyin safar uchrashuvi kutib turibdi. Shanba kungi bahsda Zidan jamoasini g‘alabadan boshqa natija qoniqtirmasligi aniq. Ammo «Betis» klubi ayni damga kelib ajoyib sport formasida deyish mumkin. «Betis» so‘nggi 5 o‘yinda 5ta g‘alabaga erishgan. Shu jumladan La Liga dastlabki ikki turida «Alaves» va «Valyadolid» mag‘lub etildi. Ikki o‘yindan keyin chempionat turnir jadvalida 2-o‘rinda borayotgan «Betis» hali o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormagan. Shunday ekan, «qirollik klubi» uchun Sevilyadagi «Benito Vilyamarin»ga uyushtiriladigan safar oson bo‘lmasligi aniq.

Turning markaziy bahsi esa 27 sentabr, yakshanba kuni «Barselona» va «Vilyarreal» o‘rtasida o‘tkaziladi. Ronald Kuman qo‘l ostidagi ilk rasmiy bahsda Kataloniya klubining qanday o‘yin ko‘rsatishi, Messining yangi murabbiy boshqaruvidagi Suaressiz harakatlari barcha uchun qiziq bo‘ladi. Niderlandiyalik afsonaviy Kuman futbolchi bo‘lib to‘p surgan «Kamp Nou»da murabbiy sifatidagi ilk o‘yinini o‘tkazadi. Raqib ham oson emas. Unai Emeri qo‘l ostidagi «Vilyarreal» mavsumdagi dastlabki ikki o‘yinda ham ochko ishlab, 3-pog‘onada bormoqda.

La Liga. 3-tur

26 sentabr (shanba)

16:00. Alaves – Xetafe

19:00. Valensiya – Ueska

21:30. Elche – Real Sosedad

23:59. Betis – Real Madrid

27 sentabr (yakshanba)

15:00. Osasuna – Levante

17:00. Eybar – Atletik

19:00. Atletiko – Granada

21:30. Valyadolid – Selta

21:30. Kadis – Sevilya

23:59. Barselona – Vilyarreal.

A Seriya: «Roma» - «Yuventus»ga, «Fiorentina» «Inter»ga qarshi

A Seriyada shanba kuni to‘rtta uchrashuv o‘tkazilsa-da, 27 sentabr kungi «Roma» – «Yuventus» bahsi turning markaziy o‘yini sanaladi. Amaldagi chempion dastlabki imtihondan aynan Rimda o‘tadi.

Shuningdek, «Torino» – «Atalanta», «Inter» – «Fiorentina», «Krotone» – «Milan» o‘yinlari muxlislar e'tiborida bo‘ladi.

Italiya A Seriyasi: 2-tur

26 sentabr (shanba)

18:00. Torino – Atalanta                

21:00. Kalyari – Latsio                 

21:00. Sampdoriya – Benevento

23:45. Inter – Fiorentina

27 sentabr (yakshanba)

15:30. Cpetsiya – Sassuolo

18:00. Verona – Udineze

18:00. Napoli – Jyenoa

21:00. Krotone – Milan

23:45. Roma – Yuventus

28 sentabr (dushanba)

23:45. Bolonya – Parma.

Bundesliga: «Farmatsevtlar» «buqalar»ga qarshi

Germaniya Bundesligasi 2-turida markaziy bahs «Bayyer» va «Leypsig» o‘rtasida kechadi. Yangi mavsum oldidan o‘z yetakchilarini «Chelsi»ga qo‘yib yuborgan bu klublardan mezbonlar dastlabki turda ochko yo‘qotgan bo‘lsa, mehmonlar g‘alabaga erishgandi. O‘zaro o‘yinda jamoalarning bu yilgi potensiali qay darajada ekanligi ko‘rinsa kerak.

Amaldagi chempion «Bavariya» Yevropa Superkubogidagi g‘olibligidan keyin kamtargina «Hoffenhaym» maydoniga safar qiladi. «Qishloq»dagi bahsda mezbonlar mo‘jiza yaratishga intilishadi.

Bundesliga:  2-tur

25 sentabr (juma)

Herta – Ayntraxt F - 1:3.

26 sentabr (shanba)

18:30. Mayns – Shtutgart            

18:30. Borussiya M – Union Berlin 

18:30. Bayyer – Leypsig            

18:30. Augsburg – Borussiya D

18:30. Arminiya – Keln           

21:30. Shalke – Verder             

27 sentabr (yakshanba)

18:30. Hoffenhaym – Bavariya      

21:00. Frayburg – Volfsburg 

Fransiya chempionati. 5-tur.

25 sentabr (juma)

Lill – Nant 2:0

26 sentabr (shanba)

20:00. Sent-Eten – Renn   

23:59. Marsel – Mets

27 sentabr (yakshanba)

16:00. Bordo – Nitssa

18:00. Anjye – Brest

18:00. Dijon – Monpele

18:00. Monako – Strasbur

18:00. Nim – Lans

20:00. Loryan – Lion

23:59. Reyms – PSJ.

Rossiya Premer-ligasi: 9-tur

26 sentabr (shanba)

16:00. Tambov – Spartak

18:30. Zenit – Ufa

22:00. Sochi – Krasnodar

27 sentabr (yakshanba)

16:00. Arsenal – Rostov

18:30. Axmat – Ural

21:00. Rotor – Rubin

21:00. TsSKA – Lokomotiv

28 sentabr (dushanba)

21:00. Ximki – Dinamo.

Top