Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quva-Asaka yo‘li ochildi! Viloyatga yangi hokim saylanishi bilan “mukammal ta'mirlash” ham tugadi
Farg‘ona viloyatining Quva tumaniga Andijonning Asaka tumanidan kirish imkonini beruvchi yo‘ldagi blok post olib tashlandi. Ikki viloyat yo‘llarining blok postlar bilan yopib qo‘yilgani bir necha oydan beri vodiy aholisiga qiyinchilik tug‘dirib kelayotgan edi. Tadbirkorlar, savdogarlar, umuman olganda, Farg‘ona viloyatiga kunda-kunora kirib chiqadigan aholi vakillari aylanma yo‘llardan yurishga, buning uchun qo‘shimcha vaqt va mablag‘ sarflashga majbur bo‘layotgan edi.
Kun.uz tahririyati bu masalani bir necha marotaba ko‘tarib chiqib, Farg‘ona viloyati mutasaddilariga aholining e'tirozlarini yetkazgan edi. Lekin viloyat hokimligi Axborot xizmati ushbu yo‘lda “mukammal ta'mirlash” olib borilayotganini bildirdi.

Kun.uz muxbiri vodiyga safari chog‘ida Quva-Asaka 4P-112 ichki avtomobil yo‘lida haqiqatdan ham mukammal ta'mirlash borayotgani yoki yo‘qligiga qiziqdi hamda o‘rganishlari natijasida ushbu yo‘lda mukammal emas, balki joriy ta'mirlash ishlari paysalga solingan holda olib borilayapti, degan xulosaga keldi.
Bunga ta'mirlash ishlarini olib borayotgan yo‘lsozlarning “yuqoridan sekin ishlab turish haqida topshiriq bo‘lgani” haqidagi so‘zlari ham asos bo‘ldi.
Nihoyat, bugun Farg‘ona viloyatiga olib boradigan asosiy yo‘llar ochib qo‘yildi. Bu holat viloyat hokimi o‘zgargani bilan bog‘liqmi-yo‘qmi, bunisi muhim emas. Eng muhimi, aholi mavjud qiyinchiliklardan qutildi va endi asosiy yo‘llarda bemalol harakatlanish mumkin.
Mavzuga oid
16:44 / 29.06.2026
Andijonda Malibu piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan uch kishini urib ketdi
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
08:45 / 15.06.2026