O‘zbekiston | 12:47 / 28.09.2020
66123
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zgidromet» shu hafta kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma'lumot berdi

Bugun O‘zbekiston hududida kam bulutli va nisbatan iliq havo saqlanib turadi. Kunduzi harorat shu kun iqlimiy me'yorlaridan biroz past bo‘lib, 20-25 darajagacha ko‘tariladi.

29-30 sentyabrda butun O‘zbekiston hududi balandlikdagi siklon ta'sirida bo‘ladi. Respublika bo‘yicha bulutlilik ortishi kutilmoqda.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 29 sentyabrda ko‘pchilik viloyatlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm va Buxoro viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

30 sentyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona voydiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘li hududlarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.

29-30 sentyabrda kunduzgi harorat 15-20 darajagacha pasayadi, bu iqlimiy me'yordan 6-8 darajaga pastdir.

1-3 oktyabrda butun mamlakat hududida ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Tunda va ertalab sovuq havo oqimining ta'siri hali saqlanib turadi, harorat 5-8 darajagacha pasayadi. Kunduzi quyosh nurlari havoni asta isitib, harorat 22-25 darajagacha ko‘tariladi.

Mavzuga oid