13:37 / 28.09.2020
8103

«Zarafshon» savdo-ko‘ngilochar markazi yonidagi janjal ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda - IIBB

Ijtimoiy tarmoqlarda “Zarafshon” savdo-ko‘ngilochar markazi yonida bir guruh yoshlar ishtirokida yuz bergan kelishmovchilik tasvirlangan video tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, holat 2020 yil 26 sentabr kuni soat 15:30larda Yunusobod tumanidagi “Zarafshon” savdo-ko‘ngilochar markazi yonida sodir bo‘lgan. 

Yaqin o‘rtada xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari janjalni ko‘rib, zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan, biroq janjal ishtirokchilari ichki ishlar organlari xodimlarini ko‘rib qochib ketishgan.
 
“Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, janjal ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda”, - deyiladi ma'lumotda.

Qayd etilishicha, mazkur holat Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olindi. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berilishi aytilgan.

Top