Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston Ozarboyjon samolyoti urib tushirilganini xabar qildi. Ozarboyjon tomoni buni rad etdi
Tog‘li Qorabog‘ prezidenti matbuot kotibi Vagram Pogosyanning aytishicha, 28 sentabr kuni armanistonlik harbiylar Ozarboyjon Harbiy Havo Kuchlari samolyotini urib tushirgan.
«Martuni shahri hududida Ozarboyjon HHKlariga tegishli samolyot urib tushirildi», degan Pagosyan. Keyinchalik gap An-2 yengil transport samolyoti haqida ketgani ma'lum bo‘ldi. Samolyot qanday texnikada urib tushirilgani aytilmagan.
Biroq Ozarboyjon Mudofaa vazirligi matbuot kotibi polkovnik Vagif Dargyaxlining aytishicha, bu gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi: «Ozarboyjon armiyasining barcha samolyotlari shay holatda ekanini xabar qilaman», degan u.
27 sentabr kuni Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar boshlandi. Har ikki tomon yerdan va havodan bir-biri tomonga zarbalar bermoqda. Har ikki davlatda harbiy holat e'lon qilingan.
Mavzuga oid
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026