Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyanga uning “Vatandoşlik kelişuvi” partiyasi parlament saylovida ğalaba qozongani munosabati bilan tabrik maktubi yölladi. Bu haqda Armaniston boş vaziri matbuot xizmati xabar qildi.

“Saylov natijalari arman xalqining sizning içki va taşqi siyosatingizga, jumladan, Janubiy Kavkazda tinçlik va farovonlikni ta’minlaş borasidagi sa’y-harakatlaringizga bölgan yuksak işonçining amaliy tasdiğidir.

Işonçim komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz orqali kelajakda özaro manfaatli hamkorligimizni yanada kengaytira olamiz”, – deyiladi xatda.

Özbekiston yetakçisi Armaniston rahbariga sihat-salomatlik, baxt-saodat va ulkan muvaffaqiyatlar, döst Armaniston xalqiga esa tinçlik va farovonlik tilagan.