Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda YTH oqibatida yuk mashinasi yo‘lovchisi halok bo‘ldi
Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shu yil 26 sentabr kuni soat 23:45larda Toshkent-O‘sh yo‘lining 272 km.da, MAN rusumli yuk avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmagan.
Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib kelayotgan “Damas” rusumli avtomashina orqa qismiga urilishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomoniga o‘tib, ag‘darilib ketgan.
Natijada, MAN rusumli yuk avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Yuk avtomashinasi haydovchisi bosh miya chayqalishi, o‘ng oyoq boldir suyagining yopiq sinishi va “Damas” rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi bosh miya chayqalishi, bosh miya yopiq shikasti tashxislari bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 27 sentabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
13:20
Farg‘onada voyaga yetmagan shaxs Malibu'da uchta bolani urib ketdi. Ulardan biri vafot etdi
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
15:05 / 19.05.2026