Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chet elliklarga Ukrainaga kirishga ruxsat berildi
Ukraina 28 sentabr soat 00:00dan boshlab xorijliklarning mamlakatga kirishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi, deb xabar bermoqda «Interfaks» Ukraina davlat chegara xizmatiga tayangan holda.
«Chet elliklarning kirib kelishidagi cheklovlar ko‘rsatilgan qaror o‘z kuchida qoladi. Bu hukumatning 641-sonli qarori. Shu bilan birga, unda 28 avgustdan 28 sentyabr 00:00ga qadar chet elliklarning mamlakatimizga kirishi taqiqlanganligi aniq ko‘rsatilgan. Aslida, bu kecha chet elliklarning mamlakatimizga kirishini taqiqlovchi norma o‘z kuchini yo‘qotdi. Bundan buyon chet elliklarning mamlakatimizga kirishi taqiqlanmaydi», - deya «Interfaks-Ukraina»ga aniqlik kiritdi Davlat chegara xizmati vakili Andrey Demchenko.
Uning ta'kidlashicha, chegarachilar Ukraina davlat chegarasini kesib o‘tishni tartibga soluvchi qonunchilik normalari, ya'ni «Chegara nazorati to‘g‘risida»gi qonun, chet el fuqarolarining mamlakatga kirishi va chiqishi to‘g‘risidagi hukumat qaroriga ko‘ra ishlamoqda.
Demchenkoning so‘zlariga ko‘ra, hozirda chet elliklar uchun Ukrainaga kirishda o‘zini o‘zi yakkalash yoki sug‘urta polisi bilan bog‘liq alohida talablar mavjud emas.
«Ushbu qoida kuchini yo‘qotdi, chunki hukumat karantin davrida Ukrainaga kirishda chet elliklar to‘g‘risida belgilab qo‘ygan alohida punktlar mavjud emas», - deya qayd etdi u.
Chet elliklar uchun Ukrainaga kirishni taqiqlash joriy yilning 28 avgust kuni soat 00:00dan 28 sentabr soat 00:00gacha amal qildi.
Mavzuga oid
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
09:35 / 29.06.2026
Zelenskiy: Ukraina o‘z qahramonlarini o‘zi tanlaydi
14:59 / 28.06.2026