O‘zbekiston | 12:02 / 30.09.2020
12481
2 daqiqa o‘qiladi

Olti oy muqaddam sodir etilgan jinoyat tergov yo‘li bilan fosh etildi

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

2020 yilning 12 mart kuni soat 06:15da, Sirdaryo viloyati Guliston tumani, “Oltin vodiy” mahallasi hududida joylashgan “Ko‘nchi” mol bozorida 55 yoshli A.U. chorva mollari sotib olish uchun aylanib yurgan vaqtida noma'lum shaxs uning egnida bo‘lgan sariq rangli matodan tikilgan sumkasining ostki qismini kesgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bu shaxs sumkaning ichida bo‘lgan jami 15 000 000 so‘m pullarni kissavurlik yo‘li bilan o‘g‘rilab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan noma'lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik, ya'ni jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qo‘l yukidagi ashyoga nisbatan (kissavurlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida mazkur jinoyatni muqaddam sodir etgan jinoyati uchun Samarqand viloyati Oqdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan 41 yoshli L.X. sodir etganligi aniqlangan.

Guliston tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha L.X. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid