Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh O‘zbekistonda USAID’ning yangi ikki tomonlama vakolatxonalari ishga tushirilganini e'lon qildi
Yangi missiyalar 2021 yilda to‘liq ishga tushishi kutilmoqda.
Kecha, 30 sentabr kuni, Meros jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) administratori vazifasini bajaruvchi Jon Barsa Tojikiston va O‘zbekistonda USAID’ning yangi ikki tomonlama vakolatxonalari ishga tushirilganini e'lon qildi.
Qo‘shma Shtatlar elchixonasi xabariga ko‘ra, AQShning Markaziy Osiyo bo‘yicha 2019-2025 yillardagi Strategiyasi taqdimotidan atigi bir necha oy o‘tib qilingan ushbu e'lon USAID’ning Markaziy Osiyo xalqlari oldidagi uzoq muddatli sadoqatini ifodalaydi.
“Missiyalar USAID faoliyat yuritadigan asosiy markaz bo‘lib, u Qo‘shma Shtatlarning hukumat hamda mamlakat xalqi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va sermazmun munosabatlarni o‘rnatishga sodiqligini namoyish etadi. Shuningdek, ushbu missiyalar mintaqadagi faoliyatimizni muvofiqlashtirishga yordam berib, Markaziy Osiyodagi biron bir davlat e'tibordan chetda qolmasligini ta'minlaydi”, - dedi Jon Barsa.
Administrator vazifasini bajaruvchi Barsa Tojikistonning AQShdagi elchisi Farhod Salim va O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobovlar ishtirokida USAID mintaqada o‘zining oldingi muvaffaqiyatlariga tayangan va yangi imkoniyatlardan foydalangan holda nafaqat iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, qonun ustuvorligini mustahkamlash, tabiiy resurslarni boshqarish, balki savdo sohasida adolatli munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash, energetika bozorida o‘zaro munosabatlarni kengaytirish hamda mintaqaviy barqarorlikni kuchaytirish borasida islohotlar qilishni ham ko‘zlashini ta'kidladi.
“Markaziy Osiyo bo‘yicha Strategiyasi doirasida Amerika Qo‘shma Shtatlari Markaziy Osiyo davlatlari bilan ularning barqarorligiga nisbatan uzoq va qisqa muddatli tahdidlarga hamda yovuz kuchlarga chidamliligini kuchaytirish, shuningdek, AQSh bilan siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohalarida sheriklik aloqalarini chuqurlashtirish borasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatmoqda”, - deyiladi xabarda.
Yangi missiyalar 2021 yilda to‘liq ishga tushishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
21:26 / 18.02.2026
Rossiya sanksiyalarni bekor qilish evaziga AQShga «katta kelishuv» taklif qildi – OAV
09:53 / 18.02.2026
Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi
08:42 / 18.02.2026
AQSh Kiyevga Yevropada Patriot uchun raketalar ishlab chiqarishga ruxsat bermadi
23:02 / 17.02.2026