Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi Opera va baxshichilik maktab-internatini borib ko‘rdi
Shavkat Mirziyoyev 2 oktabr kuni Nukus shahridagi Opera va baxshichilik maktab-internatini borib ko‘rdi.
Qayd etilishicha, Opera va baxshichilik maktab-internati o‘ziga xos baxshichilik an'anasini davom ettirish, yosh avlodga yetkazishga xizmat qiladi. Mazkur ixtisoslashtirilgan ta'lim maskani o‘tgan oyda ishga tushirildi.
Muassasa 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unga 9-sinfni bitirgan iqtidorli o‘quvchi yoshlar tanlov asosida qabul qilinadi. Hozirda 30 nafar o‘g‘il-qiz o‘qishni boshladi. Ularga taniqli san'at ustalari va pedagoglar saboq bermoqda.

«Bunday maktablarni tashkil etishimizdan asosiy maqsad – tariximizni, madaniyatimizni chuqur o‘rganish, o‘zligimizni anglash. Baxshichilik – qoraqalpoq elining ulug‘ an'anasi, uni rivojlantirish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz», – dedi Shavkat Mirziyoyev.





Mavzuga oid
20:22 / 07.12.2025
Nukus va Samarqand YuNESKOning Global ta’lim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi
22:13 / 26.11.2025
Saida Mirziyoyeva Nukusdagi Sport gimnastikasi maktabiga tashrif buyurdi
13:33 / 07.10.2025
Saida Mirziyoyeva Nukusdagi mahallada suv tozalash inshootini borib ko‘rdi
16:37 / 03.10.2025