Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aliyev Qorabog‘dagi uchta qishloq egallanganini ma'lum qildi
Ilhom Aliyev avvalroq ozarboyjonlik harbiylar Jabroil shahri (Mexakavan) va Tog‘li Qorabog‘dagi bir necha qishloqni egallashgani haqida ma'lum qilgandi.
Foto: Ozarbayjon Mudofaa vazirligi
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakat armiyasi Qorabog‘dagi qator pozitsiyalarni nazorat ostiga olganligini ma'lum qildi.
"Bugun Ozarboyjon armiyasi Jabroil tumanidagi Shixali Og‘ali, Sarijali va Mezre qishloqlarini hamda turli yo‘nalishlardagi qator strategik tepaliklarni egalladi", — deb yozdi Aliyev Twitter sahifasida.
Ilhom Aliyev avvalroq ozarboyjonlik harbiylar Jabroil shahri (Mexakavan) va Tog‘li Qorabog‘dagi bir necha qishloqni egallashgani haqida ma'lum qilgandi.
Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat 27 sentabr kuni keskinlashdi. Boku va Yerevan buning uchun javobgarlikni bir-birlariga yukladi.
Nizo qatnashchilari harbiy safarbarlik e'lon qilgan. Harbiy to‘qnashuvlar natijasida har ikki tomon yo‘qotishlarga uchragan.
Mavzuga oid
19:49 / 05.03.2026
Aliyev Naxichivon aeroportiga dron zarbasini terakt deb atadi
23:34 / 18.02.2026
Ozarboyjon elchixonasiga zarbalar tasodifmi?
18:47 / 17.02.2026
Tog‘li Qorabog‘ning sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyan 20 yilga qamaldi
14:08 / 11.02.2026