Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston hukumati delegatsiyasi toliblar bilan kelishuvga erishilgani to‘g‘risidagi xabarni rad etdi
Avvalroq Reuters Afg‘oniston hukumati delegatsiyasi va toliblar Dohadagi muzokaralarda tinchlik jarayonini boshlash uchun muzokaralar o‘tkazish qoidalarini kelishib olganini ma'lum qilgandi.
Qatar poytaxtida o‘tkazilgan muzokaralarda Afg‘oniston hukumati va "Tolibon" harakati vakillari o‘rtasida kelishuvga erishilmadi, deb xabar berdi 1TV telekanali hukumat delegatsiyasiga asoslanib.
Xabar qilinishicha, delegatsiya vakillari Dohada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda muloqot o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgani to‘g‘risidagi xabarni rad etgan. Telekanalning qayd etishicha, protsedur masalalar borasida delegatsiyalar o‘rtasida hali ham turlicha qarashlar saqlanib turibdi.
Telekanalning ma'lumot berishicha, "Tolibon" vakili Ahmadullo Vozig‘ ham Afg‘oniston hukumati bilan kelishuvga erishilgani haqidagi xabarni rad etgan.
Avvalroq Reuters agentligi Afg‘oniston hukumati delegatsiyasi va toliblar Dohadagi muzokaralarda tinchlik jarayonini boshlash uchun muzokaralar o‘tkazish qoidalarini kelishib olganini ma'lum qilgandi.
Afg‘oniston hukumati va "Tolibon" harakati o‘rtasidagi muzokaralar Qatar poytaxtida 12 sentabr kuni boshlangandi.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026