Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada koronavirus sababli favqulodda vaziyat rejimi 31 yanvargacha uzaytiriladi
Italiya hukumati xorijlik turistlarda COVID-19 aniqlangan dastlabki holatlardan so‘ng 31 yanvarda olti oyga favqulodda vaziyat rejimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. 31 iyulda ushbu rejim 15 oktyabrgacha uzaytirildi.
Italiya hukumati COVID-19 pandemisi munosabati bilan favqulodda vaziyat rejimini 2021 yilning 31 yanvarigacha uzaytirishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Roberto Speransa ma'lum qildi.
"Natijalar kundan-kunga o‘smoqda, hushyorlik va ehtiyotkorlikka e'tibor qaratish lozim. Shuning uchun, favqulodda vaziyat rejimini 31 yanvargacha uzaytirish to‘g‘ri tanlov bo‘ladi deb o‘ylayman", - dedi u.
Italiya hukumati xorijlik turistlarda COVID-19 aniqlangan dastlabki holatlardan so‘ng 31 yanvarda olti oyga favqulodda vaziyat rejimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. 31 iyulda ushbu rejim 15 oktyabrgacha uzaytirildi.
6 oktabr holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 327 mingdan oshgan, 36002 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026