Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qituvchi va tibbiyot xodimlari uchun grippga qarshi 1 million dozadan ortiq vaksina yetkazib beriladi
Rossiyadan grippga qarshi «Sovigripp» va «Flyu-M» vaksinasi olinmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari uchun 1 million dozadan ortiq grippga qarshi vaksina yetkazib berilishini ma'lum qildi.
«Mamlakatimiz prezidentining shu yil 26 avgustdagi «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida yurtimizdagi barcha maktabgacha ta'lim, boshlang‘ich, umumiy o‘rta ta'lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining xodimlari markazlashgan tartibda grippga qarshi emlanishi ko‘zda tutilgan edi. Ularni emlash bo‘yicha ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida ayni kunlarda ishlar davom etmoqda.
«Dori-darmon» AJ Rossiyaning grippga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchilari bilan 1 million dozadan ortiq grippga qarshi vaksinani xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Hozirda «Sovigripp» vaksinasining 250 ming dozasi hududlarga yetkazib berildi.
Bundan tashqari, 15 oktyabrga qadar 40 ming doza, 30 oktyabrga qadar 250 ming doza, noyabr oyida esa 500 ming doza «Flyu-M» vaksinasini yetkazib berish mo‘ljallangan», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Avvalroq Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Barno Abdusamatova grippga qarshi vaksina olish darajasining ortishi kuz-qish mavsumida aholi orasida nafas yo‘li kasalliklari va koronavirus pandemiyasi paytida sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘layotgan zo‘riqishni kamaytirishini aytib o‘tgandi.
U mavsumiy grippga qarshi vaksina organizmda 15 kun ichida mikroblarga qarshi immunitet ishlab chiqishi, ta'sir kuchi 1 yilga yetishini, maxsus tashkil qilingan emlash markazlariga borgan holda emlanish mumkinligini aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
13:28 / 10.02.2026
SSV «koronavirusga qarshi vaksina olganlar hayoti xavf ostidaligi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi
23:53 / 31.01.2026