Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik olimlar guruhi hukumatni qat'iy karantindan voz kechishga chaqirdi
Olimlarning ta'kidlashicha, odamlarni uydan chiqmaslik, uchrashmaslikka majbur qilish, do‘konlar, ovqatlanish muassasalari va xizmat ko‘rsatish obektlarining yopilishi jamoat salomatligiga salbiy ta'sir qiladi.
Foto: REUTERS
Britaniyalik olimlar guruhi aholi koronavirusga qarshi jamoaviy immunitetga ega bo‘lishi uchun hukumatni cheklov choralaridan voz kechishga chaqirdi. Oksford, Nottingem, Edinburg, Ekseter, Kembrij, Sasseks va York universitetlari vakillari tomonidan imzolangan deklaratsiyada mamlakatni oddiy hayotga qaytarish so‘ralgan.
Olimlarning ta'kidlashicha, odamlarni uydan chiqmaslik, uchrashmaslikka majbur qilish, do‘konlar, ovqatlanish muassasalari va xizmat ko‘rsatish obektlarining yopilishi jamoat salomatligiga salbiy ta'sir qiladi.
Xususan, deklaratsiya mualliflarining fikricha, qat'iy karantin bolalar vaksinatsiyasi hajmini kamaytiradi, kardiovakulyar kasalliklar bilan bog‘liq vaziyatni yomonlashtiradi, aholining ruhiy salomatligi yomonlashishiga olib keladi.
Shu bilan birga, olimlar koronavirusga nisbatan zaif qatlam (keksa yoshdagilar, surunkali kasalligi bo‘lgan bemorlar) alohida e'tiborda bo‘lishi va ularga qat'iy cheklovlar joriy etilishi kerakligini ta'kidlashgan.
Britaniyada keyingi haftalarda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq yangi holatlar soni muntazam o‘smoqda, oxirgi sutkada 14 mingdan ortiq holat qayd etilgan.
Mavzuga oid
13:30 / 16.03.2026
Yanvarda 1,1 mingdan ziyod o‘zbekistonlik Buyuk Britaniya tomon yo‘l oldi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
18:02 / 10.03.2026
Britaniyalik 10 ming nafar yozuvchi matnsiz kitob chiqardi
15:19 / 06.03.2026