Davlat resursidagi un nima sababdan birja savdosidan olinganiga izoh berildi
AOKAda oziq-ovqat mahsulotlarida narx belgilash, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘tarilishiga ta'sir etuvchi omillar mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida mahsulot narxlari oshishiga ta'sir etuvchi omillar muhokama qilindi.
Anjumanda Kun.uz muxbiri mutasaddilarga nima sababdan un mahsuloti birja savdosi orqali sotilmayotgani haqidagi savol bilan murojaat qildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi boshqarma boshlig‘i Shahobiddin Ortiqov birja savdolari orqali un sotish to‘xtatib qo‘yilmagani, faqat davlat resurslari ixtiyoridan ajratiladigan un mahsulotlarini karantin paytida manzilli yetkazib berishda muammolar kelib chiqqanini aytib o‘tdi.
«Masalan, birjada narxlar keskin o‘sishi holatini hisobga olib davlat resursiga qabul qilingan un mahsulotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berish tartibi joriy qilindi. Bu tartib vaqtinchalik. Dehqon bozorlarida 3800-4000 so‘mdan sotilayotgan un mahsuloti xorijdan keltirilayotgan xomashyo asosida ishlab chiqarilgan va bu narxdagi unni Qozog‘iston mahsulotidan kirib keladigan mahsulot tashkil qiladi.
Mahalliy ishlab chiqarilgan un narxi esa 2800 so‘mni tashkil qiladi. Aholining turli qatlamlari va qishloq aholisiga yetkazib beriladigan un bilan pandemiya davrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismini to‘la qamrab olish, narx-navoda keskin o‘sish kuzatilmasligi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berish tartibi joriy qilindi», dedi u.
Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, yaqin 1-2 oyda un mahsuloti erkin bozor mexanizmlari asosida sotilishni boshlashi kutilmoqda. Bundan tashqari, shakar, un va boshqa mahsulotlarning kamida 4-5 oylik zaxiralari ham mavjud.
«Narxni bozor belgilashi kerak. Bu to‘g‘ri, lekin birjada davlat resursini qo‘ymaganimiz manzilli yetkazib berishdan iborat bo‘lgan. Yaqin 1-2 oyda un mahsuloti erkin bozor mexanizmlari asosida sotilishni boshlashi bilan ham narxlarda o‘sish kuzatilmaydi. Chunki hozir ham aholining tegishli qatlami uchun un 3000 so‘mgacha sotilmoqda va o‘sish holati kuzatilmagan», dedi u.
Mavzuga oid
17:05 / 02.11.2024
O‘zbekiston sentabr oyida eng ko‘p oltin sotgan davlatlar qatoriga kirdi
20:50 / 11.10.2024
Qozog‘iston fond birjasi Moskva birjasi bilan barcha aloqalarni uzdi
09:00 / 18.09.2024
Tovar-xomashyo birjalari uchun yangi talablar belgilandi
23:14 / 12.09.2024