Ozarboyjon va Armaniston Eron hududini yanglish o‘qqa tutganlik uchun Tehrondan uzr so‘ragani ma'lum qilindi
Ozarboyjon va Armaniston vakillari o‘zaro jangovar harakatlar davomida Eron hududiga yanglish tarzda zarba bergani uchun Tehrondan uzr so‘radi. Bu haqda Eron politsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari general Qosim Rizoiy ma'lum qildi, deb xabar berdi Tasnim axborot agentligi.
Rizoiyning ta'kidlashicha, Eron hududiga bir nechta artilleriya snaryadi va raketalar tushgandan keyin eronlik chegarachilar Ozarboyjon va Armanistonga rasmiy ogohlantirish qilishgan. Uning aytishicha, ikki tomon o‘z aybini tan olgan va uzr so‘ragan. Ozarboyjon va Armaniston harbiylari eronlik fermerlar va chegaraoldi hududlarida yashovchi boshqa aholiga ziyon yetkazmaslik uchun o‘t ochish trayektoriyasini to‘g‘rilashga va'da bergan.
Avvalroq, 7 oktyabrda Eron o‘z hududiga raketalar tushgani sababli Boku va Yerevanga norozilik notalarini yo‘llagan.
“Biz ikki tomondan Eronning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishni hamda bunday nomaqbul voqealar boshqa qaytarilmasligi uchun choralar ko‘rishni so‘raymiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Said Xatibzoda.
Bu orada Eron mudofaa vazirligining brigada generali Amir Hotamiy bunday voqealar yana qaytarilsa, Tehron ogohlantirishlar bilan cheklanib qolmasligini aytgan.
Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida deyarli 30 yildan beri Tog‘li Qorabog‘ uchun davom etayotgan qarama-qarshilik sentabr oxirida jangovar harakatlarga aylanib ketdi. Buning oqibatida ikki tomon harbiylar va tinch aholi orasida yo‘qotishlarga uchramoqda.
Mavzuga oid
19:45 / 22.11.2024
Norvegiyada AQSh elchixonasi qo‘riqchisi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi
08:39 / 22.11.2024
AEXA rahbari Eron yadro dasturi bo‘yicha hisobot tayyorlaydi
00:59 / 21.11.2024
Ozarboyjon 2025 yilgi mudofaa xarajatlarini oshiradi
23:14 / 19.11.2024