«Qizil» hudud deb topilgan Furqat tumanida ham hokim va sektor rahbarlari uzr so‘radi
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash natijasida Farg‘ona viloyatining 3ta tumani – Furqat, Yozyovon va Qo‘shtepa tumanlari «qoniqarsiz hudud» deb baholangan edi.

6 oktyabr' kuni Xalq deputatlari Furqat tumani kengashining 13-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tumanni 2020–2021 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish orqali «qizil hudud»dan chiqarish choralari haqida so‘z bordi.
Tuman hokimi – kengash raisi Dilmurod Soliyev kun tartibidagi masala yuzasidan hisobot berdi va tumanni «qizil» hududdan chiqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan «Yo‘l xaritasi»ni taqdim etdi.
Hokimning aytishicha, tumanda past ko‘rsatkichlar qayd etilgan 6ta yo‘nalish – iqtisodiy rivojlanish va samaradorlik, mehnat bozorining samaradorligi, iqtisodiyot raqobatbardoshligi diversifikatsiyasi ko‘rsatkichlari, ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalliy soliqlarni yig‘uvchanligi kabi yo‘nalishlarda maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
Dastur bo‘yicha aniq vazifalar belgilangani aytildi. Masalan, tumandagi 4ta sektor hududlarida kichik sanoat zonalarini tashkil etish orqali 500dan ziyod yangi ish o‘rinlarini yaratish va bu orqali mahalliy budjetga qo‘shimcha tushum tushirilishi reja qilingan.
Sessiyada hokim Dilmurod Soliyev boshchiligidagi sektor rahbarlari uzr so‘radi. Furqat tumanini «qizil hudud» toifasidan chiqarilishi uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilishi ta'kidlandi.
Sessiyada Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.Parpiyev hamda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari M.Ubaydullayevlar so‘zga chiqdi. Yakunda ko‘rilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Malayziya O‘zbekistonda halol insulin ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
O‘zbekiston | 08:40
-
Rossiya Markaziy banki neft narxining qulashi va sanksiyalar kuchaytirilishini banklarda sinab ko‘rdi
Jahon | 08:30
-
Daniya AQSh vitse-prezidentining Grenlandiya bo‘yicha tanqidini rad etdi
Jahon | 08:28
-
Moldova Gagauziya rahbarini hibsga oldi
Jahon | 08:05
Mavzuga oid

17:32 / 22.03.2025
Shoir taxallusi bilan atalgan tuman - Furqatga sayohat

16:34 / 20.04.2021
Furqat tumaniga yangi hokim tayinlandi

16:43 / 14.10.2019
«Qop-qop va'dalar qopning ichida qolmoqda». Furqat tumanidagi qo‘rg‘onchaliklar suvsizlikka mahkum

13:35 / 13.06.2018