Maktab direktori Gulira’no Qosimovaning tahqirlanişi bilan boğliq jinoyat işi böyiça Furqat tuman içki işlar bölimi sobiq boşliği Akmal Xöjayev va uning örinbosari Jasur Rasulovga sud hukmi öqildi. Ularga tört yildan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Sud hukmi öqilganidan keyin Gulira’no Qosimova Kun.uzʼga intervyu berib, özining keçinmalari bilan bölişdi.

Maktab direktori Gulira’no Qosimovaning tahqirlanişi bilan boğliq jinoyat işi böyiça Furqat tuman içki işlar bölimi sobiq boşliği Akmal Xöjayev va uning örinbosari Jasur Rasulovga sud hukmi öqildi. Ularga tört yildan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Şuningdek, Akmal Xöjayev va Jasur Rasulov uç yil muddatga içki işlar vazirligi tizimida hamda davlat iştirokidagi korxona, muassasa va taşkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan işlarda işlaş huquqidan ham mahrum qilingan.

Sud 39 yoşli Akmal Xöjayev va 34 yoşli Jasur Rasulovni bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, şaxsning şa’nini va qadr-qimmatini kamsituvçi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvçi ma’lumotlarni oşkor qiliş, fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buziş, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş, tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini soxtalaştiriş, qalbakilaştiriş, qonunga xilof ravişda uşlab turiş yoki hibsga oliş jinoyatlarini sodir etganlikda aybli deb topgan.

Tayinlangan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi manzil koloniyalarda ötattirilişi belgilandi. Tergov va sud davrida oçiqda bölgan har ikki sobiq amaldor hukm e’lon qilingaç, sud zalidan qamoqqa olinib, maxsus avtomobilda vaqtinça saqlaş izolyatoriga olib ketilgan. Jabrlanuvçilarga kelgusida ma’naviy zarar va boşqa zararlar yuzasidan tegişli hujjatlarni ilova qilgan holda, fuqarolik işlari böyiça sudga murojaat qiliş huquqlari tuşuntirilgan. Bundan taşqari, sudning alohida xabarnomasi bilan uşbu jinoyat işi yuzasidan boşqa şaxslarga nisbatan jinoyat işini qözğatiş töğrisidagi masalani hal qiliş uçun tegişli materiallarni ilova qilgan holda Farğona viloyati prokuraturasiga xabar qilinişi belgilangan.

Sud hukmi öqilganidan keyin Gulira’no Qosimova Kun.uzʼga intervyu berib, öz keçinmalari bilan bölişdi.

«Sud ham öz nihoyasiga yetdi. Ikki oy davom etgan suddan keyin sudlanuvçilarga hukm öqildi. Bu işda yordam bergan hammaga rahmat aytaman. Xususan, prezidentimga, administratsiya rahbari Saida Mirziyoyevaga, Senat, hamma-hammalariga rahmat aytaman. Lekin bu, işoning, siz öylagan darajada xursand böladigan holat emas. Töğri, haqiqat qaror topyapti. Ammo birovning kulfatiga men heç qaçon sababçi bölişni xohlamaganman. Mana şu holatgaça kelgan barça-barçaga öz minnatdorligimni bildiraman. Xususan, şu sudlarga ham, jinoyat işlari böyiça Quva tuman sudiga ham, aynan öşa Avazbek Rahimovga — haqqoniy, adolatli körgani uçun öz minnatdorligimni bildiraman. Hozir sudning çiqargan qaroridan qoniqdim. Özinglar ham mana, guvohi böldinglar, qolgan barça iştirokçilar nomma-nom öqildi. Öşa joyda bölgan, qatnaşgan, qolgan içki işlar xodimlarining harakatlari ham örganib çiqilişi yuzasidan xabarnoma viloyat prokuraturasiga yuborildi», deydi Gulira’no Qosimova.