Kun.uzʼning Furqat tumanidan tayyorlagan reportajida aholi özlarini qiynayotgan asosiy muammolar haqida gapirarkan, tumanda köngiloçar maskan, jamoat xiyobonlari yöqligini aytişgandi. Odamlarning bu xohiş-istaklari javobsiz qolmagan körinadi. Ma’lum bölişiça, oradan bir neça oy ötib tuman markazida 15 gektarlik maydonda zamonaviy savdo va oilaviy köngiloçar majmua barpo etiladigan böldi.

2025 yilning mart oyida Xöjand şahrida Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston rahbarlari iştirokida döstlik memorandumi imzolanib, qardoş mamlakatlar örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik, işonç va strategik şeriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining ramzi sifatida «Döstlik» stelasi oçilgandi.

Kuni keça Furqat tumanida barpo etiladigan va Döstlik city Mall nomini oladigan majmuaning tamal toşi qöyildi va ayni paytda quriliş işlari davom etyapti. Yirik loyiha bölgan Döstlik city Mall işlab çiqariş, savdo va köngiloçar hududlar, brend dökonlar, kinoteatr, attraksionlar, amfiteatr, oilaviy hordiq maskanlari, zamonaviy bozor va köp qavatli turar joylarni öz içiga oladi.

Furqat tumanining geografik joylaşuvi inobatga olinsa, majmua bir paytning özida nafaqat mahalliy, balki qöşni Tojikiston va Qirğiziston fuqarolariga ham xizmat qiladi. Loyiha egalarining aytişiça, Döstlik city Mallʼni Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston savdo majmuasi deyiş mumkin. Mehmonlarga qulaylik yaratiş maqsadida Tojikiston va Özbekistonni boğlab turuvçi Andarxon çegara ötkaziş punktiga maxsus avtobuslar qöyilişi közda tutilgan. 2027 yilgaça foydalanişga topşirilişi kutilayotgan bu joyda 4 000 ta yangi iş örinlari yaratilişi kutilmoqda.

Furqat tumanidagi bugungi özgarişlar haqida töxtalib ötsak. Tumandagi “Turon odob ilm” xususiy maktabini öqib tamomlagan yoşlar 100 foizlik natija bilan oliy öquv yurtlariga kirayotgan ekan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan “Inteks” tekstil korxonasi, mebelçilik sanoat zonasi, gipsokarton va metall profil işlab çiqaruvçi BNBM xitoy-özbek qöşma korxonasi, un mahsulotlari işlab çiqaruvçi “Mastona Böstoni” MÇJ tuman iqtisodiyotini yanada yuksaltirişga xizmat qilyapti.