Keça, 25 noyabr kuni bölgan sud majlisida Furqat tumani sobiq IIB boşliği Akmal Xöjayev hamda uning örinbosari Jasur Rasulovning körsatmalari tinglandi.
“17 aprel kuni (tadbir bölgan kun) Farğona şahrida tadbirda edim. Tadbirni tamomlab, soat taxminan 15:00-16:00 lar çamasida Furqat tumaniga qaytayotganimda yölda telegramimga qönğiroq bölib, soliq rahbari xizmat uyiga voyaga yetmagan maktab öquvçisini olib kirib ketgani haqida xabar kelib tuşdi. Örinbosarim Jasur Rasulovga qönğiroq qilib, holatdan uni xabarbor qildim va vaziyatni örganişni buyurdim.
Şundan söng Jasur Rasulov xodimlarini olib xizmat uyiga kiribdi. U yerda soliq boşliği va maktab direktorini qip-yalanğoç holatda körişibdi. Söng ikkisini IIB binosiga olib kirişibdi. Voyaga yetmagan qiz kim ekan deb sörasam, 29-maktab direktori ekan, deyişdi. Xodimlarim tezkor tadbir uçun qilingan qarorlarni ham körsatişdi. Qöllarida qarori bor ekan.
Soliq boşliği Qurbonali Abdurahmonov xizmat uyini fohişaxonaga aylantirvorgandi. Voyaga yetmagan qizni uyiga olib kirib ketyapti degan xabar kelgani uçun tezkor tadbirga ruxsat berganman. Davlatimiz tomonidan berilgan xizmat uylarida prokuror, prokuror yordamçisi, soliq boşliği va men yaşardim (uşbu amaldorlarga xizmat uylari bir joydan berilgan – tahr). Soliq inspeksiyasi boşliği Qurbonali Abdurahmonovni xizmat uyingga begona ayollarni olib kirmagin, deb köp marotaba ogohlantirgan edim.
Furqat tumaniga yetib kelib, IIB binosiga kirib, Gulira’no Qosimova va Qurbonali Abdurahmonovni kördim. Ular yonimga kela olişmadi. IIB binosida turib viloyat Soliq boşqarmasiga bölgan holat haqida xabar berdim.
Xodimlarim soliqçining uyiga kirişdan avval eşikni taqillatişgan ekan. Içkaridan xabar bölmagaç, undan keyin kirişgan xizmat uyiga. 2-qavatga çiqişsa, ikkisi jinsiy aloqa qilayotgan ekan.
Oradan 3 kun ötib, IIBga Qosimova va uning turmuş örtoği keldi. Gulira’noning turmuş örtoği ayoli tufayli gap-söz tarqagani, köçada boş kötarib yura olmayotgani, öşa kungi telefonga olingan kadrlarni berişini söradi. Unga javoban Gulira’no yaxşi ayol ekani, anglaşilmovçilik bölganini aytib, turmuş örtoğini yupatişga harakat qildim.
“Eltuz” ijtimoiy tarmoğida men haqimda ma’lumotlar çiqdi. Hamma aybni menga yuklaşdi. Gulira’no ijtimoiy tarmoqqa çiqib, “yeçintirib urişdi, 2-qavatga olib çiqib urişdi” deyapti. Bularning barçasi tuhmat. Gulira’no va Qurbonaliga adovatim yöq. Qurbonaliga televizor yoki tefal olib ber demaganman.












