O‘zbekiston | 17:44 / 07.10.2020
3739
1 daqiqa o‘qiladi

«Qoniqarsiz» hudud – Qo‘shtepada ham sessiya bo‘lib o‘tdi. Hokim bor imkoniyatini ishga solishga va'da berdi

Prezident rahbarligida 24 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida baholangan reyting ko‘rsatkichlari natijasiga ko‘ra Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumani «qoniqarsiz hudud» deb baholangan edi.

6 oktyabr kuni Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman kengashining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Uni tuman hokimi Ilyos Novikov olib borib, tumanni «o‘rta» va «yaxshi» ko‘rsatkichlarga olib chiqish bo‘yicha hisobot berdi.

Novikovning aytishicha, tumandagi tadbirkorlik sub'yektlarining 44 tasi bugungi kunda o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Hokimning buning asosiy sabablari sifatida korxonalarning aylanma mablag‘lari yetarli emasligi, faoliyatini olib borish uchun korxonalar o‘z bino-inshootlari yoki joylari yo‘qligi, korxonalar tomonidan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmagani, ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun xaridor yo‘qligini ko‘rsatdi.

Ilyos Novikov yil yakuniga qadar tumanni har tomonlama rivojlantirish uchun deputatlar, faollar bilan hamkorlikda barcha imkoniyatlarni ishga solishga va'da berdi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid