Avazxon Yusupov Qöştepa tumanining Garmdon qişloğidan. U tomorqasiga pavloniya ekib daromad köradi. Boğbon uyiga ham issiqxona taşkil qilgan. Issiqxonada uzumning xorijiy navlaridan qalamça qilib kökartirib sotadi. Yoş boğbonning qöli qöliga tegmaydigan kunlar yetib kelgan.
Boğbon qişloqda ham harakat qilib yaxşi daromad olayotgani haqida sözlab berdi:
“Qişloq şaroitida ham mehnat qilgan kam bölmaydi. Pavloniyalarimiz yetilgan, sotsangiz bu ham daromad. Asalarilarimiz pavloniyaning nektarlaridan, gullaridan asallarni olib kelib yiğişyapti.


Mehnat qilgan odam rohatni ham köradi. Bir mavsumda 60-70 kilogaça asal yiğiştiramiz. Özimizdan orsa, qöni-qöşni mahalla-köyga sotamiz. Pavloniyalarniki va tabiatda gullar köp, qişloqda öt-ölanlar, har xil foydali ötlar ham köp-da. Öşalarning ham nektarini olib kelib, asalari sifatli, toza asal qilib çiqaradi.

Mana şu katta pavloniyalarni 2018-2019 yillari ekkanmiz. Hozirda kiçkina tuvakçalarda yangi niholçalarini, yangi köçatçalarini ham çiqarib xalqqa sotyapmiz.

Ustalar pavloniyalarni eşik-rom va naqqoşlik ustun, şunga öxşagan buyumlarni işlab çiqaramiz deb olişdi bizdan.
Odam hayotdan zavqlanib yaşaşi kerak. Pavloniyalarimiz, asalarilarimiz, uydagi uzumlarimizni körib odamni, özimning ham bahri dilim oçiladi.


Şu kunlarda çetdan köp uzum mevalari, uzum navlari kirib kelyapti. Biz ham şu navlarga qiziqib özimiz, xalqimizga, mahalla-köyimizga foydamiz tegsin deb, çetdan yangilik uzumlarni mana manikyur fingur, karnaval, avatar, yana bir boşqa sortlarni olib kelib, harakat qilib issiqxonalarni uyimizda taşkillab, oilaviy özimiz şularni yetiştirib çiqaryapmiz.








