Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya Nikolas Maduroni Venesuela prezidenti deb tan oldi
Venesuela aloqa va axborot vazirligi Shveytsariya Nikolas Maduroni Venesuela prezidenti deb “tan olmasligidan” voz kechganini ma'lum qildi. Rasmiy Karakas Shveytsariyaning Venesueladagi yangi elchisining Maduroga ishonch yorlig‘ini topshirishiga shunday izoh berdi.
Shveytsariya elchisi Yurgas Shprexer Venesuela prezidentining rasmiy qarorgohi – Miraflores saroyida Maduroga ishonch yorlig‘ini topshirgan. Vaholanki, Shveytsariya 2019 yil yanvarida Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydoni Venesuelaning yangi prezidenti deb tan olgan birinchi davlatlardan biri bo‘lgan.
Maduroning o‘zi esa yorliqlarning topshirilishini ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va hamkorlik tasdig‘i deb atagan.
E'tiborlisi, Guaydo 30 ta davlatda o‘z elchilarini tayinlagan. Biroq ulardan birortasi diplomatik vakolatlarga ega emas.
Mavzuga oid
22:32 / 25.06.2026
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan 43,5 mln dollar aktivlari tibbiyotga yo‘naltirildi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
20:20 / 14.06.2026