Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya parlamenti Suriya va Iroqda armiyadan foydalanishga ruxsatni yana bir yilga uzaytirdi
Turkiya parlamenti hukumatning mamlakat qurolli kuchlarining Suriya va Iroqda operatsiyalar o‘tkazish uchun vakolatini uzaytirish haqidagi iltimosini ma'qulladi. Parlamentda bu masala bo‘yicha ovoz berish 7 oktyabrda o‘tgan.
Berilgan vakolatga muvofiq, Turkiya armiyasi mamlakat tashqarisida – Suriya va Iroqda jangovar operatsiyalar o‘tkazishga qonuniy imkoniyatga ega. Ushbu vakolat, shuningdek, Turkiya hududida Anqaraga ushbu transchegaraviy operatsiyalarda ko‘mak ko‘rsatayotgan yoki ularda ishtirok etayotgan davlatlar kontingentlari va harbiy bazalarini joylashtirishga ruxsat beradi.
Turkiya 2019 yilda qo‘shni Suriya hududida uchta harbiy amaliyot: “Frot qalqoni”, “Zaytun novdasi” va “Tinchlik manbayi” deb nomlangan operatsiyalarni o‘tkazgan. Bu operatsiyalar natijasida Suriyaning chegaradagi A'zaz va Jarablus shaharlari o‘rtasida xavfsizlik bufer hududi tashkil etilgan, Afrin bosib olingan, Frotdan sharq tomondagi hudud nazorat ostiga olingan.
Bundan tashqari, Turkiya Kurdiston ishchi partiyasining Iroqdagi pozitsiyalari – lagerlari, panagohlari, qo‘mondonlik punktlari va qurol-aslaha omborlariga vaqti-vaqti bilan zarba berib turadi. Turkiya armiyasining bunday transchegaraviy operatsiyalarni o‘tkazishiga ruxsat parlament tomonidan beriladi. Turkiya parlamenti amal qilish muddati bir yil bo‘lgan ushbu ruxsatni 8 yildan beri uzaytirib kelmoqda.
Mavzuga oid
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026