Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ovqatlanish sohasidagi kichik biznes sub'yektlarining ayrim daromadlari umumiy daromadga kiritilmasligi tartibi joriy etiladi
Prezidentning “Yashirin iqtisodiyotni keskin qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Mamlakatda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, shu jumladan tartibga solish va ma'muriy yukni kamaytirish, tartib-taomillarni avtomatlashtirish va soliq qonunchiligiga rioya qilish tartibini soddalashtirish maqsad qilingan.
Belgilanishicha, 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga, umumiy ovqatlanish sohasidagi kichik biznes sub'yektlarining bank kartalari va kontaksiz to‘lovlardan foydalangan holda jismoniy shaxslardan olingan daromadlari umumiy daromadga kiritilmasligi tartibi joriy etiladi.
Qayd etilishicha, bu umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga majburiy tartibda o‘tish maqsadida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
08:48 / 27.06.2026
Strategik resurslar xaritasi: qaysi davlat nimani nazorat qiladi?
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
20:56 / 19.06.2026
Inflatsiya pasayishi sekinlashsa, monetar siyosatni yanada qat’iylashtirishga tayyor turish kerak - XVJ
17:46 / 10.06.2026