8 oktabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida jamiyatda ayollar va yoşlarning rolini oşiriş hamda bandligini ta'minlaş masalasida videoselektor ötkazildi.
Yiğilişda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov bugungi kunda xorijda ham, Özbekistonda ham uy işlari bilan şuğullanuvçi oqsoçlik kasbiga talab ortib borayotgani, Samarqand viloyatidan ham juda köpçilik ayollar çet davlatlarda, xususan, Turkiyada uy işlarini bajarişayotgani, Özbekistonda ham aholining iqtisodiy imkoniyatlari oşgan sari bu kasb egalariga bölgan talab ortaverişi, ammo bunday ayollarni tayyorlaydigan markazlar yöqligini aytib, şunday markazlarni oçiş taklifini bildirgan.
Erkinjon Turdimovning bu taklifi ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining keskin noroziligini keltirib çiqardi.
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati mazkur masala yuzasidan öz rasmiy munosabatini bildirdi.
«Yiğilişda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov tomonidan bildirilgan takliflar orasidan «Oqsoç ayollarga talab ortib bormoqda, xotin-qizlarni şu kasbga örgatişimiz kerak» degan jumla kontekstdan ajratib olingan holda, asossiz gap-sözlar tarqatilib, notöğri talqin qilinmoqda.
Avvalo, şuni oçiq aytişimiz lozimki, bugungi kunda mehnat bozorida malakasiz işçi kuçi juda köp. Sir emaski, bugun mamlakatimizda enagalik, oqsoçlik xizmat turiga ehtiyoj katta.
Biroq, hozirda bu işni ayrim «tadbirkorlar» biznesga aylantirib olgan holda, enaga va oqsoç topib beriş «xizmati» körsatişni yölga qöyib olgan. Ammo, ular bu xizmatni körsatuvçi ayollarimizning salomatligi, qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiliş böyiça heç qanday majburiyatni öz zimmasiga olmayapti va kafolatlamayapti.
Şu sababli, mehnat bozorida uy yumuşlariga va bolalar parvarişiga kömaklaşadigan enaga, oqsoç xizmatiga ehtiyoj bor ekanmi, mazkur faoliyat turini qonuniylaştiriş, ya'ni bu xizmat turi bilan şuğullanişni istovçi ayollarimizga öz huquqlarini örgatiş maqsadida öqitiş, ularning uy-rözğor işlarini yuritiş böyiça malakasini oşirişni amalga oşiruvçi maxsus markazlar taşkil etiş maqsadga muvofiqdir.
Mazkur markazlarda malakasini oşirgan ayollarimizni qonuniy asosda taşkil etiladigan maxsus idoralar orqali şartnoma asosida xizmat körsatişini yölga qöyiş, ularni davlat tomonidan har tomonlama qöllab-quvvatlaş, nafaqa yoşiga yetganida pensiya olişlarini kafolatlaş mexanizmi yaratilişi lozim.












