Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitatsiya markazi IIV tasarrufiga o‘tkaziladi
Odam savdosi jabrdiydalariga ko‘rsatilayotgan reabilitatsiya tadbirlari sifatini yaxshilash hamda Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi faoliyatini takomillashtirish maqsad qilingan.
Vazirlar Mahkamasining “Odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish choralarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidan Ichki ishlar vazirligi tasarrufiga o‘tkaziladi.
Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bosh prokuraturaning:
2021 yildan boshlab Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi uchun ajratilgan o‘rinlar sonini 50 taga oshirish;
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida har biri 30 o‘ringa mo‘ljallangan hududiy filiallarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.
Ichki ishlar vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Farg‘ona va Samarqand viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 2021-2022 yillarda Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazining hududiy filiallarini belgilangan tartibda tashkil etish va zarur jihozlar bilan ta'minlash choralarini ko‘radi.
Moliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish yuzasidan zarur mablag‘lar hamda qo‘shimcha shtatlar ajratilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026