Mafkuraviy bannerlar: tarğibotning bu şakli budjetdan millionlar sarflaşga arziydimi?
|12:20 / 10.10.202039 3729 min
2016 yilgaça bölgan davrda «milliy mafkura», «ma'naviyat» atamalari doim quloğimiz ostida jaranglab turardi. Zangori ekran, taşkilotlar, ta'lim dargohlari, köçalar ham havorang bannerlardagi balandparvoz gaplarga tölib ketgandi. Köpçiligimiz ulardagi sözlarni yodlab ham olgandik. Hukumat özgargan bölsa-da, hozir ham mafkuraviy bannerlar bilan hamnafas yaşamoqdamiz.
Foto: Umida AhmedovaFoto: Umida Ahmedova
Ijtimoiy obektlar fasadini bezovçi, köçalarga «fayz» beruvçi, qandaydir foydasi borligi isbotlanmagan bannerlar fuqarolar hayot tarzini farovonlaştirişga xizmat qilarmikin? Sobiq ittifoqdan meros qolgan tarğibot bannerlari bugungi kun uçun dolzarbmi? Xarajatlari aksari soliq tölovçilar zimmasida bölgan bannerlar bizga qançalik kerak?
Biznesga aylangan soha
Turmuşimizning bir bölagiga aylangan mafkuraviy tarğibot bannerlari allaqaçon biznesning bir turiga aylangan. Undan juda köpçilik moddiy manfaatdorligi sir bölmasa kerak. Uşbu bannerlar ixtisoslaşgan firma va bosmaxonalar tomonidan tayyorlanadi. Şunday firmalardan birida ma'lum muddat faoliyat yuritgan xodim bilan boğlanib, ayrim ma'lumotlarni oldik.
Uning aytişiça, firma özi işlab çiqargan mahsulotlarni taşkilotlarga xarid qilişlari uçun rasmiy xat orqali murojaat etgan. Masalan, korrupsiya va terrorizmga qarşi tarğibot materiallari qaysi taşkilotga zarur bölsa, ularga yetkazib berilgan. Yuqori turuvçi organ, masalan, ma'lum vazirlikka taklif etilgan bannerlar mavzusi yoqsa, ular buni xarid qiladi. Tizimning quyi poğonasidagi organlarga esa yuqori turuvçi organ tomonidan rasmiy xat tayyorlanadi, ularning röyxati beriladi. Söng firma tomonidan quyi taşkilotlarga mahsulotlarni «ötkaziş» uçun öşa rasmiy xat asos qilib olinadi.
Firma xodimlari rasmiy xatni tizim taşkilotlariga jönatgan. Unda «mavjud siyosatni tarğib etişda amaliy yordam berişingiz söraladi» degan «tavsiyaviy» xarakterdagi fikrlar keltiriladi.
«Taşkilot rahbarlari bannerlarni sotib olişni rad etişlari ham mumkin. Bu holatga ham oldindan tayyorgarlik körilgan. Yuqorida turgan organga quyi taşkilot rad javobini berganligi töğrisida «xat» çiqarilişi aytilgandan söng ular ham maqsad nimaligini tuşunib olişar va xarid qilişga, tabiiyki, majbur bölişardi», – deya hikoya qiladi suhbatdoşimiz.
Şu sohadagi boşqa bir xususiy firma vakili bilan gaplaşganimizda, quyidagi fikrlarni bildirdi.
«Biron mavzuda tarğibot materiallari tayyorlaşdan oldin hozir qaysi mavzu, qaysi yönaliş aktualligini örganib çiqamiz. Masalan, soğliqni saqlaş, ta'lim, korrupsiya kabi mavzularga köproq murojaat qilamiz. Ma'lum taşkilotga tarğibot plakatlari öşa taşkilotning faoliyatidan kelib çiqib tayyorlanadi va xarid qilişlari uçun taklif etiladi. Xaridlar birja orqali amalga oşiriladi.
Mavzuga oid
Plakatlardagi matnga keladigan bölsak, şunga mas'ul bölgan xodim tomonidan tayyorlanadi. Matn tayyorlaşning ham qoidalari bor. U mavjud siyosatga muvofiq kelişi, ma'naviy muhitga salbiy ta'sir ötkazmasligi va boşqa muhim jihatlarni qamrab oladi», – deydi ijtimoiy bannerlar sohasida faoliyat yurituvçi hamyurtimiz.
«Şiorlar fonida özimni suratga olişimdan maqsad – hukumat mexanizmlari omma ongini sovet davridagi kabi boşqarayotganiga urğu berişdir»
Fotograf Umida Ahmedova mafkuraviy bannerlar oldida suratga tuşib, yaqinda Toşkentda SNAP (Sredstvo naglyadnoy agitatsii i propagandy) nomli fotokörgazma taşkil qildi. Ijodkor nima uçun bu körgazmani taşkil qilgani, umuman, tarğibot materiallari haqida fikrlari bilan qiziqdik.
«Köçalarda mafkuraviy bannerlarni suratga oliş fikri menda ança yillar oldin paydo bölgan. Sobiq ittifoq davrida ham öşa davr tuzumiga oid şiorlar osilardi. Öşanda ularni suratga olmaganimga juda afsuslanganman, çunki bu şiorlar ham ötmişning bir bölagi. Men esa şu ötmiş içidagi insonman.
Mustaqillikka erişganimizdan keyin ham uşbu an'ana saqlanib qoldi. Şakl özgardi, lekin mazmun öşa-öşaligiça qoldi, deyarli özgarmadi. Sobiq ittifoq davrida şiorlarda oq va qizil ranglardan foydalanilgan bölsa, mustaqillik yillarida esa kök fonga baxtli insonlarning fotosuratlari joylaştirilib, duç kelgan joyga ilindi. Bannerlar bölmaganda esa devorga böyoq bilan yozildi. Ayrim joylarda bannerlarning ahvoli juda açinarli edi. Şu tariqa, odamlar öz dunyosida, bannerlar alohida öz dunyosida yaşayverdi.
Mustaqillikka erişilgaç, şiorlar yozilgan qizil bayroqlar öz örnini «Özbekiston – kelajagi buyuk davlat!»ligi haqidagi ta'kidga böşatib berdi. Mana şunday şiorlar fonida özimni suratga olişimdan maqsad – e'tiborni hukumat mexanizmlari omma ongini sovet davridagi kabi boşqarayotganiga qaratişdir», – deydi Umida Ahmedova.
«Vatanni seviş uçun siyosiy vositalarning mutlaqo keragi yöq»
Jurnalist Mirzayor Erkinov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida mavzu yuzasidan öz fikrlarini yozib qoldirgan.
«SSV mutasaddilari koronavirusga qarşi kuraşda dezinfeksion tunnellarning befoydaligi haqida yozdi. Milliardlab sömlarning ham xlor bilan şalabbosi çiqib yotgan kiriş yölakçalaridek şalabbosi çiqdi-yu qoldi. SSV keç bölsayam, tunnellarning zararli ekanligini tan oldi, lekin davlat budjetidan pullar befoyda sovurilayotgan yana bir xarajat bor.
Uni biz yillar davomida körib kelamiz. Havorang gradiyent fon. Times New Roman yoki Arial şriftida yozilgan gap va fotoşop qilingan obidalar ansambli.
Bu xarajat poytaxtdan tortib eng kiçik qişloqqaça, maktabdan tortib boğçagaça yetib borgan. Uning oti – mafkuraviy propaganda bannerlari. Ular ham dezinfeksion tunnellar kabi befoyda, lekin mana neça yillardan buyon Özbekistonda ğajuvçi katta tizimga aylanib ulgurgan. Balandparvoz şiorlar, madhlar, SSSR davridagi mafkuraviy çorlovlar kabi hamon çop etilib, har yonga ilib kelinmoqda.
Vatanni seviş uçun siyosiy vositaçi yoki vositalarning mutlaqo keragi yöq. Qolgani esa manfaat uçun qilinadigan quruq safsata. Tipik yangi özbekning taşqi qiyofasi va ambitsiyalari (katta qismida pul va obro‘, töy-tomoşa, gullar, naqşlarga töla pont, maşina) özgargani rost, lekin uning içki dunyosi özgarişi, takomillaşuvi ham kerak».
«Balandparvoz şiorlardan kamçilikni yaşirişda ham foydalanilgan»
Mavzu yuzasidan Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Olim Toşboyev bilan ham suhbatda böldik.
«Mafkuraviy bannerlar amaliyoti sobiq ittifoq davridan qolgan usul. Öşa davrda har qadamda şöro mafkurasiga da'vat etuvçi şiorlarni uçratardik. Odamlar ularga töqnaşib, öralaşib hayot keçirardi. Bu şunçalik ongimizga singib ketgan ekanki, mustaqillik davridayam bundan voz keçolmadik. Bunday şiorlarning odamlar hayotida biron-bir foydasi böldimi?! Afsuski, yöq. Butun bir avlod bunday şiorbozlikdan bezib ketdi. Siyosat oddiy odamlar turmuş tarzini ham çirmovuqday örab olib, ruhiyatiga salbiy ta'sir etdi.
Dunyoda biz kabi xalqlar davlat, jamiyat mafkurasiga ergaşadi, siyosiy jarayonlarga bevosita yoki bilvosita aralaşadi. Lekin har qadamda şiorga töqnaşib, boşini urib yaşayotgani yöq. Siyosat, ğoya, mafkura jamiyat a'zolarining hayotida, kundalik turmuşida aks etsagina, u qudratli kuçga aylanadi. Millat, jamiyat mafkurasiga muhabbat inson yuragida böladi. Uni moddiylaştirib, köça-köyga ilib qöyişdan heç qanday foyda yöq.
Sobiq ittifoq davrida bir an'ana bölardi. Öşa davrda yaşagan avlod yaxşi eslasa kerak: ağanab ketgan devor, axlatxona, körimsiz joylar ulkan şiorlar bilan bekitilardi. Şiorlar aybni yaşiriş vositasi ham edi. Mutafakkirlarning gaplari ahamiyatsiz joylarga yozib qöyilardi. Göyo, şu bilan mafkura tarğib qilinayotgandek. Istiqlol yillarida bu usuldan şu qadar foydalandikki, hatto avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalari (AYoQŞ)ga ham «Özbekiston – kelajagi buyuk davlat» deb yozib qöyişdan özimizni tiya olmadik. Axir, bu juda kulgili-ku!»
Xulosa
Nima deb öylaysiz, köçada osilib turgan korrupsiyaga qarşi tarğibot banneri unga qaragan odamni korrupsiyadan qutqarib qolişi mumkinmi? Agar plakatlardan foyda bölganida, korrupsiya böyiça xalqaro reytinglarda quyi örinlarda yurmagan bölarmidik?
Bannerlardan foyda borligini körsatuvçi ilmiy tadqiqotlar bormi, budjetdan ular uçun pul ajratayotganda xarajatning maqsadli ekani nima bilan asoslanadi? Buni heç kim aniq aytib bera olmasa kerak.
Tanqid qilişga bundan jiddiyroq mavzular bor-ku, deyişingiz mumkin. Lekin siz e'tibor bermaydigan, qaraşni ham ba'zida istamaydigan bannerlar biz, soliq tölovçilarning hisobidan xarid qilinmoqda. Plakatbozlik budjetga qançaga tuşişi böyiça örganişlar olib borilsa, bir neçta maktab yoki şifoxonaga zarur şaroitlar qilib berişga yetgulik kattagina summa kelib çiqişi şubhasiz.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi