Özbekiston SSR Kommunistik partiyasi Markaziy komitetining mafkura masalalari böyiça kotibi bölgan Ra’no Abdullayeva 12 yanvar kuni, 89 yoşida vafot etdi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.
Ra’no Abdullayeva 1935 yil 16 sentabrda Buxoro viloyatining Şofirkon tumanida tuğilgan. 1970−1987 yillarda Özbekiston SSRda eng nufuzli şaxslardan biri hisoblangan.
U 1963−1971 yillarda Özbekiston komsomolining birinçi kotibi, söngra Özbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining örinbosari, 1987 yilgaça Özbekiston Kompartiyasi Markaziy komitetining mafkura böyiça kotibi lavozimlarida işlagan.

Ra’no Abdullayeva “paxta işi” doirasida 2 yil qamoq jazosini ötagan, SSSR Oliy sudining qarori bilan oqlangan.
U 2020 yilda Özbekiston Milliy axborot agentligi (ÖzA)ga bergan intervyusida “paxta işi”, mafkuraning örni hamda SSR Kommunistik partiyasi Markaziy qömitasining birinçi kotibi Şarof Raşidov haqida söz yuritgan.
Marhuma hozirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi (“Özatom”)ni boşqarayotgan Azim Ahmadxöjayevning buvisi edi.












