«Rossiyskaya gazeta»da Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Qudratilla Rafiqovning Toşkentda qurib bitkazilgan Islom sivilizatsiyasi markazi va mafkuraviy siyosat haqidagi “Alamim bor” sarlavhali maqolasi çop etildi. Quyida uşbu maqolaning özbek tilidagi asli keltirib ötiladi.

Islom sivilizatsiyasi markaziga topşirilgan kisva bölagi

Alamim bor...

Albatta, maqolaga qöyilgan uşbu sarlavha umumiy mazmunga qandaydir tuşkun ruh berayotgandek tuyulişi mumkin. Ammo unda aslo malomat yöq. Ötmişni qoralaş, ötganlardan gina-kudurat qiliş niyatidan yiroqmiz. Qolaversa, bugungi yoruğ kunlarimiz, erişayotgan yutuqlarimiz qiymatini akslantiriş uçun uning ziddi – tarixning qoronği göşalaridan ulgi izlaşga hojat ham yöq. Şu örinda savol tuğilişi tabiiy: hammasi rasamadidagidek ekan, unda alam nega?

1

«Afsonalar öz-özlariça yaşamaydilar. Ular özlariga bizning hayot va qon ato qilişimizni kutişadi. ­Dunyoda heç bölmasa, bir odam ularning çaqiriğiga javob bersa bas, afsonalar bizni bitmas-tuganmas obihayot bilan suğorişga şay. Bizning vazifamiz – ularni unutmaslik. Şunday qilişimiz kerakki, heç bir afsona ölim uyqusiga tolmasin», degan edi Alber Kamyu bir zamonlar.

Ökinçning boisi, garçi aynan bölmasa-da, farang adibi aytayotgan fikrga juda yaqin. Zotan, biz ham uzoq yillar afsonaviy tariximiz, madaniyatimiz, ajdodlarimiz kimu, bu dunyoda joyimiz qayerda bölganini unutdik. Dunyoning çeti, uçinçi darajali bir davlat, xalq deb qaraşlariga könikdik. Va eng alamlisi, zamonaviy dunyo sahnidagi madaniy va tarixiy örnimiz qumga sing­gan suvday «yöqolib» qoldi... «Özbek», «Özbekis­ton» sözlari haqiqiy mazmunidan çekinib, dunyo xaritasida qaysidir makonni topişda murojaat qilinadigan juğrofiy nuqta darajasiga tuşdi. Mamlakatimiz nomidagi ot yasovçi «iston» qöşimçasi boş­qa turdoş «iston»lar aro adaşib, jörttaga, ba’zan esa mutoyiba tarzida zikr etiladigan böldi...

Muşohadamizga jiddiy tus beradigan bölsak, xorijlik maşhur bir siyosatşunosning taassuf bilan aytgan uşbu gapi ayni öringa mos tuşadi: «...