Mafkuraki adolatsizlikka köz yumsa, ma'sumni ma'dur etsa, mazlumni zolimdan himoya qila olmasa u tanazzulga mahkumdir!

Mafkura — misoli bir tirik ruhdir. Doimiy ravişda ma'rifat bilan suğorilib turilsagina ölmaydi!

Insonni yaratganning mehriga loyiq darajaga olib çiqqan ruhiyat misol, mafkura ham davlatning darojotini belgilab beradi.

Milliy istiqlol qölga kiritilgan ilk yillarda yangi şakllantirilgan, ma'rifat bilan suğorilgan, yillar mobaynida takomillaştirilgan milliy istiqlol mafkurasi vaqt ötgan sari, ya'ni 2000-yillarga kelib zamon talabiga javob bermay qoldi.

Buning ikkita sababi bor edi.

Birinçisi — yillar ötgan sari mafkura ma'rifat bilan emas maddohlik suvi bilan suğorila boşlangan edi.

Ikkinçi sababi — birinçi sababning mantiqiy davomi va mahsuli edi. Ya'nikim, milliy mafkura maddohlikka aylangani sayin zaiflaşib öz mohiyati bölgan milliy irodani şakllantirişga emas, şaxsni uluğlaşgagina xizmat qila boşladi.

Aslida, milliy istiqlol mafkurasining tanazzuli haqida söz yuritiş men uçun oson iş emas, juda oğriqli jarayon bu. Ammo, modomiki, bugun jamiyat tanasi uçun yangi bir ruh kerak ekan, yangi bir mafkura kerak ekan, biz haqiqatning yuziga tik boqmoğimiz va öz ayblarimizni, xatolar va yanglişlarimizni yaxşi tanib olmoğimiz kerak. Toki, yana eski xatolar takrorlanmasin.

Bedilning bir sözi bor: «har közki ibrat olmasa kördir», deydi şoir. Bugun tarix bizdan ibrat olmoqni, kör bölmaslikni talab etmoqda.

Falsafaning ölimi

Laroşfuko şunday degan edi: «Falsafa ötmiş va kelajak muammolari ustidan ğalaba qozonadi, bugunning muammolari esa Falsafaning ustidan ğalaba qozonadi».

Bizda aynan şunday böldi. Vaqt ötgani sayin Falsafani bugungi kun muammolari yengdi. Mafkurani kuçaytiriş maqsadida çin ma'naviyat avval fanga aylantirildi. Predmetga aylantirildi. Undan söng ma'naviyat bugungi kunga moslaştirildi. Unga zamonaviy şakl berildi.

Ming yillardirki millatning qadriyatlarini özida mujassam etgan ma'naviyat avval fanga aylantirildi, şaklga solindi, undan söng zamonaviy qurolga aylantirildi. Qurolki, ösmoqçi bölganlarga maddohlik uçun, yoqtirilmaganlarni yöq qiliş uçun badnom qiliş quroliga aylantirildi.